Igor Ivanović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Ivanović
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Ivanović
Tavallud sanasi 9-sentyabr 1990-yil (1990-09-09) (33 yosh)
Tavallud joyi Podgoritsa, Yugoslaviya
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chernogoriya Budućnost
Raqami 10
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Zora 1 (0)
2009—2010 Kom 6 (0)
2010 Iskra Danilovgrad 13 (2)
2011—2012 Rudar Pljevlja 46 (12)
2013—2014 en:OFK Beograd 26 (3)
2014—2015 Rudar Pljevlja 26 (13)
2015—2016 Zira 28 (3)
2016—2018 Sutjeska 56 (22)
2018- Budućnost 59 (17)
Milliy terma jamoa
2011 Montenegro U21 3 (0)
2020- Montenegro 5 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(23-iyun 2017-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (25-mart 2021-yil uchun)

Igor Ivanović (1990-yil, 9-sentyabrda tugʻilgan) — chernogoriyalik professional futbolchi, Chernogoriyaning Budućnost klubida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Titogradda tugʻilgan Ivanović 2009-10-yilgi mavsumda Chernogoriya Birinchi ligasida FK Kom tarkibida debyut qilishdan oldin FK Zora[1] klubida oʻynagan. U 2010-11-yilgi mavsumning birinchi yarmini Chernogoriya Ikkinchi Ligasida[1] FK Iskra Danilovgrad klubi safida faoliyat olib borgan, qishki tanaffusda yuqori divizion vakilli FK Rudar Pljevljaga qoʻshiladi va u yerda keyingi ikki yil davomida oʻynaydi. 2012-13-yilgi mavsumning qishki tanaffusda paytida u Serbiya Superligasining OFK Beograd jamoasi bilan 3,5 yillik shartnoma tuzish orqali xorijga koʻchib oʻtadi[2].

2015-yilning avgustida Ivanović Ozarbayjon Premyer-ligasining Zira klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[3].

Chernogoriya Sutjeska Nikšić[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 21-iyunida Ivanović Chernogoriyaning Sutjeska Niksic klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. 2017-yil, 29-dekabr kuni Chernogoriya futbol assotsiatsiyasi Ivanovićni „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovriniga loyiq topdi[5]. Sutjeskadagi faoliyati davomida Chernogoriya Professional Futbolchilar Sindikati Ivanovićga 2017 va 2018-yillarda Chernogoriya Birinchi Ligasining eng yaxshi futbolchisi sifatida ovoz berdi[6][7].

Chernogoriya Budućnost[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 10-iyunida Ivanović Chernogoriyaning Budućnost klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[8].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivanović Chernogoriya U-21 terma jamoasi aʼzosi boʻlgan[9]. U 2020-yil, 7-oktyabrda Chernogoriya terma jamoasi safidagi debyutida Latviya terma jamoasiga qarshi (1:1)oʻyinda gol urgan[10]. Oradan uch kun oʻtib, u Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi turnirdagi debyut uchrashuvida zaxiradan maydonga tushganidan keyin bir daqiqa oʻtmay gol urgan[11]. 2020-yil, 13-oktyabrda u Lyuksemburgga qarshi oʻyinda yana gol urdi[12].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ivanovićning akasi Ivan ham professional futbolchi, hozirda Qozogʻiston Premyer-ligasida Atyrau klubida oʻynamoqda[13].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rudar Pljevlja
  • Chernogoriya kubogi: 2011

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Chernogoriya Birinchi Ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2017-18

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Chernogoriyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 2020-yil, 7-oktyabr Podgoritsa shahar stadioni, Podgoritsa, Chernogoriya  Latviya 1 — 1 1-1 Doʻstona
2. 2020-yil, 10-oktyabr  Ozarbayjon 2 — 0 2-0 2020-21 UEFA Millatlar ligasi C
3. 2020-yil, 13-oktyabr Lyuksemburg 1 — 0 1-2

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Igor Ivanović[sayt ishlamaydi] at FSCG.co.me
  2. Igor Ivanović at Srbijafudbal
  3. „"Zirə" İqor İvanoviçlə anlaşdı“ (az). fczire.az/. Zira FK (1-avgust 2015-yil). Qaraldi: 2-avgust 2015-yil.
  4. „Igor Ivanović potpisao za Sutjesku“ (cnr). vijesti.me. Vijesti (21-iyun 2016-yil). 2016-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2016-yil.
  5. „Igor Ivanović najbolji fudbaler Telekom 1. CFL za 2017. godinu“ (serbcha). FK Sutjeska Nikšić official website.
  6. „Igor Ivanović najbolji fudbaler Telekom 1. CFL! Petorica u idealnom timu!“. FK Sutjeska Nikšić official website (27-may 2017-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  7. „Igor Ivanović ponovo najbolji igrač, Sutjeska dominira u timu sezone“ (serbcha). Vijesti (24-may 2018-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  8. „Budućnost dovela najboljeg igrača u Crnoj Gori: Ivanović dvije godine pod Goricom“ (serbcha). Vijesti (10-iyun 2018-yil). Qaraldi: 4-oktabr 2020-yil.
  9. Igor Ivanović at Soccerway
  10. Vukotić. „Remi protiv Letonije“ (serbcha). fscg.me. Football Association of Montenegro (7-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 7-oktabr 2020-yil.
  11. „Jovetić i Ivanović srušili Azerbejdžan“ (serbcha). fscg.me. Football Association of Montenegro (10-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 10-oktabr 2020-yil.
  12. Vukotić. „"Sokoli" poraženi nakon preokreta“ (serbcha). fscg.me. Football Association of Montenegro (13-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2020-yil.
  13. „Иванович: Веду переговоры с Интером и Нефтчи“ (ruscha). azerifootball.com/. Azerifootball (7-dekabr 2015-yil). Qaraldi: 7-dekabr 2015-yil.