Igor Myalin
Igor Andreyevich Myalin (ruscha: Игорь Андреевич Мялин; 1996-yil 17-sentyabr; Penza, Rossiya) – rossiyalik va oʻzbekistonlik suvga sakrashchi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]T. G. Lukash va O. V. Kulemin rahbarligida Penzada mashq qiladi.
2010-yil Tucson boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 10 metrlik minorada gʻalaba qozondi[1]. 2010-yilda Helsinkida boʻlib oʻtgan Yevropa birinchiligida 10 metrli minorada eng kuchli boʻlgan, shuningdek, metr va uch metrli tramplinlarda ikkita bronza medalni qoʻlga kiritgan. 2011-yilgi Yevropa chempionatidan Belgradda ikki oltin medalni olib keldi, metr va uch metrli tramplinlarda gʻalaba qozondi.
Yevropa oʻsmirlar chempionatida (2009, Budapesht) 10 metrlik minorada uchinchi boʻldi. 2015-yilda Kvanjuda oʻtkazilgan Universiadada sinxron mikstda gʻolib boʻldi. Uning sherigi Yegor Galperin edi. Shuningdek, u minorada individual kumush, erkaklar sinxronida jamoaviy kumush va bronza medalni qoʻlga kiritdi[2].
Oʻzbekiston terma jamoasi vakili Igor Myalin 10 metrlik minoradan suvga sakrash boʻyicha jahon chempionati finaliga chiqdi. Suvga sakrash boʻyicha jahon chempionatining yarim finalida Igor Myalin 7-oʻrinni egalladi (415.80 ball) va finalga chiqish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ xabar beradi[3]. Reglamentga koʻra, jahon chempionatining finalchilari bir vaqtning oʻzida Olimpiya oʻyinlarining litsenziati boʻlishadi. Taʼkidlanishicha, suvga sakrash boʻyicha Olimpiya oʻyinlariga litsenziya Oʻzbekiston sport tarixida birinchi boʻldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Туксон 2010“ (2010-yil 5-sentyabr).
- ↑ „Кванджу 2015“ (2015-yil 7-iyul).
- ↑ „Лицензия“ (2024-yil 11-fevral).