Igor Nazarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Igor Nazarov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi ruscha: Игорь Дмитриевич Назаров
Tavallud sanasi 1960-yil 1-yanvar
Tavallud joyi Buxoro viloyati, O'zbekiston SSR, SSSR
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Trud
Rubin
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Dmitriyevich Nazarov (1960-yil 1-yanvar, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — rossiyalik futbol murabbiyi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yil 1-yanvar Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Buxoro viloyatidagi neftni qayta ishlash zavodida ishlovchi ishchi oilasida tug‘ilgan. Keyinchalik ota-onasi bilan Rossiyaning Tolyatti shahriga koʻchib ketgan. Bolaligi Tolyatti shahrida oʻtgan. Futbolchi sifatida shaharning „Trud“ va „Rubin“ jismoniy tarbiya jamoalarida Tolyatti va Kuybishev viloyati chempionatida o‘ynagan, viloyat chempioni bo‘lgan. Vibrotsentrifugal tegirmon zavodida ishlagan.

Volgograd jismoniy tarbiya institutini sirtdan tamomlagan (1986-yil). 1980-yillarning oxiridan boshlab Tolyatti shahrida 2-sonli oʻsmirlar sport maktabi bolalar murabbiyi boʻlib ishlay boshlagan.

1992-yilda „Lada“ ayollar futbol klubini boshqargan. 1993-yilda uning boshchiligida jamoa birinchi ligada ikkinchi oʻrinni egallab, Rossiya ayollar futboli chempionatiga oʻtgan. Murabbiy 1998-yilgacha „Lada“ bilan ishlashni davom ettirgan, uning rahbarligidagi eng yaxshi natija 1996-yilgi milliy chempionatning bronza medallari boʻldi. Ikki marta, 1994 va 1996-yillarda „Lada“ Rossiya kubogining yarim finaliga chiqqan. Rossiya terma jamoasi futbolchilari — Olga Sergayeva, Tatyana Skotnikovalarni tayyorlagan.

1999-yilda Igor Nazarov Aleksandr Garmashovning yordamchisi sifatida „Lada“ klubining erkaklar jamoasiga oʻtadi[1].

Keyinchalik yana yoshlar futbolida murabbiylik va maʼmuriy lavozimlarda ishlagan. „Lada“ ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktori, 12-sonli ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar va oʻsmirlar sport maktabi direktor oʻrinbosari[2], Yuriy Konoplev nomidagi akademiyada murabbiy boʻlib ishlagan. 1989-yilda tugʻilgan (2006-yilda uning toʻrt nafar shogirdi Yevropa chempioni boʻlgan[3]), keyin esa 2001-yilda tugʻilgan futbolchilar bilan ishlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]