Kontent qismiga oʻtish

Igor Taran (futbolchi, 1971)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Taran
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Petrovich Taran
Tavallud sanasi 23-may 1971-yil (1971-05-23) (53 yosh)
Tavallud joyi Ukraina, SSSR
Boʻyi 180 sm
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1995 Dinamo (Kiyev) 0 (0)
1992—1994 Dinamo-2 81 (6)
1994   Bukovina 6 (1)
1994   Nikolayev 1 (0)
1995 CSKA (Kiyev) 5 (0)
1996—1997 Fakel 10 (0)
1998 Doʻstlik 16 (2)
2000 Dnepr (Kiyev)
Milliy terma jamoa
1995 Ukraina (Talabalar jamoasi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Petrovich Taran (ukraincha: Ігор Петрович Таран; 23-may 1971-yil) – ukrainalik sobiq futbolchi, himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kiyevning „Dinamo“ klubi maktabi tarbiyalanuvchisi, 1989-yilda SSSR futbol federatsiyasi kubogida asosiy jamoa tarkibida 1 ta oʻyin oʻtkazgan. 1992—1995-yillar oraligʻida Kiyev klubi oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan. Igor dastlab asosiy jamoa tarkibida mashgʻulot olib borgan va keyinchalik Dinamo-2 farm jamoasi tarkibida oʻynagan.

„Bukovina“ jamoasi tarkibidada ijara asosida oʻynab, Ukraina oliy ligasida debyut qilgan. 1998-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi boʻlgan „Doʻstlik“ jamoasi tarkibida faoliyat olib borgan.

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1995-yilda u Yaponiyada boʻlib oʻtgan Universiadada Ukraina talabalar jamoasi aʼzosi sifatida ishtirok etgan. Turnir yakuniga koʻra ukrainaliklar 4-oʻrinni egallagan.