Iguanalar
Iguanalar (Iguanidae) — kaltakesaklar oilasi. Tanasining shakli va rangi har xil. Uzunligi bir necha sm dan 2 m gacha (Iguana iguana). Boshi juda koʻp mayda qalqonchalar bilan qoplangan. Agamalarga oʻxshaydi, ulardan tishlarining jagʻiga ichki tomondan yopishganligi bilan farq qiladi. Oyoqlari yaxshi rivojlangan. 500 ga yaqin turi maʼlum. Shimoliy va Janubiy Amerika, Madagaskar va ayrim Polineziya orollarida tarqalgan. Koʻpchiligi oʻrmonlarda daraxtlar shoxida, choʻl va togʻlarda yashaydi, ayrim turlari umrining bir qismini suvda oʻtkazadi. Asosan, hasharotlar va b. mayda umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi, ayrim turlari oʻsimlikxoʻr. Tuxum qoʻyib koʻpayadi, bir qancha turlari tuxumdan tirik tugʻadi. Goʻshti, tuxumi va te-risidan foydalaniladi. 13 turi va koʻpchilik kenja turlari Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobiga kiritilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |