Kontent qismiga oʻtish

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar – O‘zbekiston Respublikasi „Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq[1], yuzaga kelgan sabablar tufayli ogʻir turmush sharoitida qolgan, davlat va jamiyat tomonidan alohida himoya qilishga hamda qoʻllab – quvvatlashga muhtoj bolalar, shu jumladan: nogiron bolalar, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar, yetim bolalar, ota- ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar, ixtisoslashtirilgan bolalar uyida tarbiyalanayotgan bolalar, muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan bolalar, kam taʼminlangan oilalardagi bolalar, zoʻravonlik va tabiiy ofatlar natijasida jabrlangan bolalarni keltirishimiz mumkin[2] [3].


  1. „O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA“. Lex.uz. Qaraldi: 16-oktabr 2023-yil.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi „Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni
  3. Toychiyev, N., ed (2009). "Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti. p. 206.