Kontent qismiga oʻtish

Ijtimoiy muhit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ijtimoiy muhit - insonning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy shartsharoitlar. Muxit keng maʼnoda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni — ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz ichiga oladi. Tor maʼnodagi I.m. (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, oʻquv va b. guruhlardan iborat. I.m. shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi. Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati taʼsirida I.m. oʻzgaradi, bu oʻzgarishlar jarayonida odamlarning oʻzlari ham oʻzgaradi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil