Ijtimoiy voqelik
Ijtimoiy voqelik — individlar oʻrtasida umumiy qabul qilingan tamoyillar, qonunlar va ijtimoiy gʻoyalarni oʻz ichiga olgan oʻzaro taʼsir natijasidir[1].
Taʼriflash yondashuvlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ijtimoiy voqelik muammosi fenomenolog faylasuflar, xususan, voqelikning bunday alohida shaklini taʼriflash uchun „ijtimoiy voqelik“ tushunchasidan foydalangan Alfred Shyuts tomonidan toʻliq koʻrib chiqilgan. Shyuts ijtimoiy dunyoda toʻgʻridan-toʻgʻri boshdan kechirilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy voqelik va bevosita koʻrinmaydigan, qidirilgan boʻlsada, hali boshdan kechirilmagan ijtimoiy voqelik oʻrtasida chegara oʻtkazdi[2]. Shyutsdan keyin etnometodologiya sohasi kundalik ishchanligimiz va qobiliyatlarimizning ijtimoiy voqelik bilan oʻzaro munosabatidagi noaniq boʻlgan tuzilishni yanada oydinlashtirdi[3].
Ilgari, bu masala boshqa ilm sohalarida ham, masalan, sotsiologiyada koʻrib chiqilgan. Emil Dyurkgeym ijtimoiy voqelikning oʻziga xos xususiyatini taʼkidladi: „Bu yerda gʻoya boshqa hamma joydalardagiga qaraganda realroqdir“.
Gerbert Spenser ijtimoiy, biologik va fiziologik voqelikni chegaralash maqsadida "superorganizm" tushunchasini qoʻshdi[4].
Ijtimoiy voqelik ilmiy, biologik yoki individual voqelikdan farq qiladi va jamiyatda ijtimoiy jihatdan qabul qilingan tendentsiyalardan iborat. Baʼzi tadqiqotchilar, masalan, Jon Syorl, ijtimoiy voqelik har bir individning nutq akti va muhitdan kelib chiqib oʻrnatilishi mumkin deb hisoblaydilar (pertseptiv psixologiyadan, jumladan J. J. Gibsondan ham va bir qancha iqtisodiy-ekologik nazariyalardan farqli oʻlaroq). Jon Syorl nutq aktlarini taʼriflash uchun quyidagi boʻlimlarni ishlatadi: „Nikoh, mol-mulk, ishga qabul qilish, ishdan boʻshatish, urush, inqilob, hukumat, yigʻilishlar, bitimlar, parlamentlar, korporatsiyalar, qonunlar, restoranlar, dam olish, advokatlar, oʻqituvchilar, shifokorlar, oʻrta asr ritsarlari, shuningdek, soliqlar“.[5]
Radikal konstruktivizm ijtimoiy voqelikni, ehtiyotkorlik bilan, kuzatuvchilar oʻrtasidagi geterogenlik sifatida belgilaydi (hozirgi kuzatuvchi oʻzini tarkibga olsa yoki olmasa ham).[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ireke Bockting Character and Personality in the Novels of William Faulkner (1995) — P. 25
- ↑ George Walsh Introduction // Alfred Schütz The Phenomenology of the Social World (1997) — P. xxvii
- ↑ John OʻNeill Sociology as a Skin Trade. — London 1972. — P. 217
- ↑ Herbert Spencer, The Principles of Sociology, Vol. 1, Part 1. „The Data of Sociology“(1876)
- ↑ John R. Searle, The Construction of Social Reality (Penguin 1996) p. 79
- ↑ Niklas Luhmann Theories of Distinction (2002) — P. 136
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Дюркгейм Э. „Священные объекты, как символы“, . Религия и общество: хрестоматия по социологии религии, Часть II, М.: Наука, 1994.
- Durkheim E.. Andoza:Нп3 — 228-bet. (tekst na angliyskom yazike)
- Eyden, T. van der. Public Management of Society, 2003 — 487-bet.