Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
Qiyofa
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish – Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 39-moddasida[1] belgilab qoʻyilganidek, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish va shuningdek agar uni ushlash uchun zarur boʻlgan choralarni chegarasidan chetga chiqilmagan boʻlsa, jinoyat deb hisoblanmaydi[2]. Ushlash vositalari va usullariga qilmishning shu bilan birga uni sodir etgan shaxsningx avflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga umuman mos kelmaydigan holda ushlanayotgan shaxsga qasdan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi“. Lex.uz. Qaraldi: 17-oktabr 2023-yil.
- ↑ Toychiyev, N., ed (2009). "Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish". Oʻzbekiston yuridik ensiklopediyasi. Toshkent: „Adolat“ nashriyoti.