Kontent qismiga oʻtish

Ikki nurli interfenometr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Interferometr (interferensiya va metr) – elektromagnit yoki akustik toʻlqinlar interferensiyasi hodisasiga asoslangan oʻlchash asbobi. Interferometrning ishi bitta nurning fazoda ikki (yoki koʻp) kogerent nurga parchalab, turli yoʻnalishda interferensiya koʻrinishlarini hosil qilishidan iborat. Optik Interferometr keng tarqalgan. Bunga Maykelson Interferometr misol boʻladi nurlar koʻzgu 3h va 32 lardan kaytib toʻplanib obyektiv O ning fokal tekisligida interferensiyalanadi. Nurlar dastalarining yoʻlini baravarlash uchun (mas, 1 nur plastina Ya, dan ikki marta oʻtadi) nur 2 yoʻliga plastina P2 oʻrnatiladi. 3, (yoki 32) ni ozgina siljitilganda interferensiya polosalar qarash maydonida sezilarli suriladi. Koʻzgu 3, (yoki 32) oʻrniga biror detal oʻrnatib, interferension tasvir boʻyicha detal sirtining sifati toʻgʻrisida mulohaza yuritish mumkin. Toʻlqin tabiatiga qarab, Interferometr akustik va elektromagnit toʻlqinlar (optik va radioin-terferometrlar) uchun moslab yasaladi. Optik Interferometr spektral chiziqlarning toʻlqin uzunligini, shaffof muhitlarning yorugʻlik sindirish koʻrsatkichini, yulduzlarning burchak oʻlchamlarini, masofalarning mutlaq va nisbiy qiymatini katta aniqlikda oʻlchash uchun ishlatiladi. Interferometr sanoatda optik tizim va qismlarning sifatini tekshirish hamda optik detallarning sir-tini kuzatish uchun qoʻllanadi. Me-tallurgiyada esa metall sirtlarining tekisligini tekshirishda, shaxtalardagi metan va karbonat angidrid konsentratsiyasini aniqlashda ham Interferometrdan foydalaniladi.

Sanoatda optik tizim va qismlarning sifatini tekshirish hamda optik detallarning sinishi kuzatish uchun qoʻllanadi. Metallurgiyada esa metall sirtlarining tekisligini tekshirishda, shaxtalardagi metan va karbonat angidrid konsentratsiyasini aniqlashda ham Interferometrdan foydalaniladi[1].

  1. 1.G.S.Landsberg. Optika. Toshkent – “O`qituvchi” – 1981. 2.S.E.FrishvaA.V.Timoreva. Umumiyfizikakursi. III tom. O`zSSR“ O`rtavaoliymaktab” davlatnashriyoti – 1962. 3. Dusmuratov M.B. Fizika (Oliyo`quvyurtigakiruvchilaruchunqo`llanma). Toshkent – 2016..