Kontent qismiga oʻtish

Ikki yoqli burchak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ikki yoqli burchak - umumiy bir toʻgʻri chiziqdan chiqadigan ikki yarim tekislik toʻplami. Umumiy toʻgʻri chi-ziq I. yo. b. qirrasi, yarim tekisliklar esa I. yo. b. yoklari deb ataladi. Qirrasi /, yoklari a va r boʻlgan I. yo. b. bunday belgilanadi: ot/r yoki <(a, R) yoki <(/) Agar I. yo. b.ning ikkala yogʻi uning qirrasi bilan birga bitta tekislikni tashkil qilsa, bunday burchak yoyiq burchak deyiladi. Burchak tekislikni ik-kita soqaga boʻlgani kabi yoyiq burchakdan farq qiluvchi I. yo. b. fazoni ikki-ta sohaga ajratadi, ulardan biri qavariq, ikkinchisi qavariq emas. Odatda, fazoning qavariq sohasi I. yo. b.ning ichki sohasi, qavariqmas sohasi esa tashki sohasi deb ataladi. Agar ichki soha uchun qavariq soha qabul qilinsa, u holda I. yo. b. yoyiq burchakdan kichik deyiladi. Agar ichki soha uchun qavariq boʻlmagan soha qabul qilin-sa, I. yo. b. yoyiq burchakdan katta yoki ki-ruvchi ikki yoqli burchak deb ataladi. I. yo. b.ning qirrasiga perpendikulyar boʻlgan tekislik uni I. yo. b.ning chi-zikli burchagi deb ataladigan burchak boʻyicha kesib oʻtadi. Chizikli burchagi toʻgʻri burchak boʻlgan I. yo. b. toʻgʻri I. yo. b. deb ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil