Kontent qismiga oʻtish

Ikkinchi nomaʼlum maqbara

Koordinatalari: 39.66287°0′0″N 66.98783°0′0″E / 39.66287°N 66.98783°E / 39.66287; 66.98783
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ikkinchi nomaʼlum maqbara
Joylashuv Samarqand
Turi Maqbara
Material Pishiq gʻisht
Meʼmoriy uslubi Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Balandligi 8.3 metr
Qurilish tamomlangan XIV asrning 90-yillari
Xarita
Koordinatalari 39.66287°0′0″N 66.98783°0′0″E / 39.66287°N 66.98783°E / 39.66287; 66.98783

Ikkinchi nomaʼlum maqbara (Nomsiz-2 maqbarasi) Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik boʻlib, Shoxi-Zinda ansambli tarkibiga kiradi. Taxminan XIV asrning 90-yillarida qurilgan. Baʼzi manbalarda yodgorlik Ulugʻ Sultonbegi nomi bilan ataladi[1].

Nina Nemsevaning „Ансамбль Шахи-Зинда: история — археология — архитектура“ kitobidan. Samarqand, 2019

„Nomsiz-2“ maqbarasi shartli ravishda shunday nomlangan, chunki unda dafn etilgan shaxsning ismi ham, qurilgan sanasi ham uning yozuvlarida saqlanib qolmagan, asl obyektning faqat kirish qismi saqlanib qolgan. Qazishma maʼlumotlari shuni koʻrsatdiki, bu ansambl oʻziga xos kvadrat shaklga ega, gumbazli, lekin boshqa binolardan ancha katta. Agar XIV asr ansamblidagi maqbaralar interyerining oʻrtacha kattaligi 5 – 6,5 m boʻlsa, „Nomsiz-2“ maqbarasida maydonning yon tomoni 8 – 8,3 m. Maqbara binosi XI asrdagi Qusamiya madrasasi yonida joylashgan. Madrasaning 2,8 m balandlikka ega, XIV asrda oʻrnatilgan peshtoq qismi XX asrning 60-yillarida olib borilgan restavratsiyagacha saqlanib turgan. Shohizinda ansamblidagi arxeologik ishlarning eng muhim kashfiyotlaridan biri yozma manbalardan maʼlum boʻlgan XI asrdagi hanafiylar madrasasi boʻlgan Qusamiya poydevorining ochilishi hisoblanadi. Madrasa Ibrohim Tamgʻach Bugʻraxon (hukmronligi 1046—1068) nomidan qurilgan. U Samarqandni poytaxtga aylantirgan qoraxoniylar sulolasidan boʻlgan birinchi hukmdordir. XI asr oʻrtalarida shahardagi asosiy musulmonlar ziyoratgohi yaqinida Hanifiylar madrasasi qayta qurilgan. Madrasaning barpo etilishi nafaqat xoqonning „qiyomat kuni“ haqidagi oʻylarini, balki IX-X asrlarda ham samarqandda intellektual muhit shakllanganligini bildiradi. Ilm maskanida yirik ilohiyot maktablari (Hanifiy va Shofi’iylar), ilohiyot olimlari doirasi mavjud boʻlgan. Samarqand maktabining „al-moturudiya“ nomli ilohiy taʼlimoti umumiy hanifiylik taʼlimotiga aylangan. Qayd etish joizki, bu Samarqanddagi ilk madrasalardan biri boʻlib, musulmon mamlakatlarida ham ilm dargohlari X asrdayoq Gʻarbiy Yevropa universitetlari bilan deyarli bir vaqtda paydo boʻla boshlagan. 1066-yildagi Qusamiya madrasasi Qusam ibn Abbos qabri roʻparasida, kanal boʻyida joylashgan edi. Qusamiya majmuasining oʻzi va madrasa Oʻrta Osiyo shaharlarining shaharsozlik tizimida maʼlum boʻlgan „qoʻsh“ ansamblini tashkil etgan, bu kompozitsiyaning dastlabki namunalaridan biridir.

„Nomsiz-2“ maqbarasidan faqat kirish qismi saqlanib qolgan. 1960-yillarda yodgorlik maxsus arxeologik qazishmalar natijasida oʻrganilgan.

Koshin har qanday meʼmoriy keramika ishlab chiqarishda juda qulay. Nomaʼlum maqbaraning dizayni va dekoratsiyasi hali ham XIV asrning 70—80-yillari anʼanalari oʻzida aks ettirgan. Biroq, yangi badiiy ifoda vositalarini tadbiq etish yodgorlikda koʻrinib turibdi. Muhandislik hisob-kitoblarida baʼzi jiddiy xatolar bino uchun halokatli boʻlib chiqqan; maqbara XV asrning oʻrtalarida toʻsatdan qulab tushadi[2].

Maqbaraning oʻlchamlari:

Tashqarida 8×8,3 m

Maqbaraning ichki qismi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qazishmalar davomida topilgan bezakli sopol buyumlar shuni koʻrsatadiki, binoning ichki qismi oʻziga xos hashamat bilan ajralib turardi. Oʻrta qismida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar obyektda koʻplab qadimiy binolarning poydevori va xilxonalarini topishga sharoit yaratdi. Devorlarning yuqori qismi katta gul naqshli rangli mayolika bilan bezatilgan. Maqbara yonidagi "Nomsiz-1" (usto Alima Nasafiy) maqbarasi bilan uygʻun holatda qurilgan. Maqbara 1957-yilda koshinlar bilan tiklangan. Qayta tiklash jarayonida K. A. Shaxurin jasadlarni tadqiq qilgan[3].

Maqbara peshtoq qismida arabiy yozuvlar orqali Qur’oni karimdagi „Ar-Rahmon“ surasi aks ettirilgan. 2005-yilda yozuvning yoʻqolgan qismi tiklandi.

  1. Qulmatov Sh, Berdimurodov A. Samarqand yodgorliklari. Самарканд: Икмом Бухорий халкаро маркази, 2017 — 44-bet. ISBN 978-9943-4783-8-1. 
  2. Н.Б.Немцова. Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI в. Самарканд 2019 — 196-bet. ISBN 978-9943-357-47-1. Qaraldi: 17-sentabr 2023-yil. 
  3. „Ансамбль мавзолеев Шахи-Зинда в Самарканде“. Qaraldi: 2-sentabr 2023-yil.