Kontent qismiga oʻtish

Ikonoskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ikonoskop (yun. eikon — tasvir va ... skopiya) — tasvirni uzatuvchi dast-labki televizion trubkalardan biri. Ishi optik tasvirlarni televizion signallarga aylantirish uchun elektr zaryadlarni toʻplashga asoslangan. I.ni 1931 yilda rossiyalik S. I. Katayev va amerikalik V. K. Zvorikin bir-biridan mustaqil ravishda taklif qilishgan. I. birinchi marta tasvirni bevo-sita uzatishga imkon bergan. I.da yorugʻlik oqimi obʼyektidan (optik tizim orqali) yorugʻlik sezgir nishon — mo-zaikali slyuda plastinkaga tushib, uning sirtida elektr zaryadlarini tegishlicha. tarqatadi, yaʼni potensial relyef hosil qiladi. Nishon bir-biridan izolyasiyalangan bir necha mln. dona mitti fotokatodlardan iborat. Uning ikkinchi tomoniga metall patlami (signal plastinka) surkalgan. Har bir fotokatod shu plastinka bilan birgalikda kondesatornp tashkil qiladi. Elektron-nur nishondagi mozaikani maʼlum tartibda aylanib oʻtib, har bir kondensatorni zaryadsizlaydi. Natijada tasvirning yoritilganligiga mos kuchlanishga ega boʻlgan elektr signallar xreil boʻladi, bular kuchaytirgichga uzatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil