Kontent qismiga oʻtish

Dilbar Ikromova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ikromova Dilbardan yoʻnaltirildi)
Dilbar Ikromova
Tavalludi 17-iyul 1947-yil
Vafoti 25-avgust 2020-yil(2020-08-25)
(73 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1970-2020

Ikromova Dilbar Ilhom qizi (17-iyul 1947-yil, Bekobod – 25-avgust 2020-yil, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2001)[1]. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1970-yildan Hamza teatrida (hozirgi Oʻzbek milliy teatri) ishlaydi. „Oy tutilgan tunda“ (M. Karim) spektaklidagi Zubarjat sahnada yaratgan ilk obrazidir. Ozoda („Imon“), Dilorom („Oltin devor“), Feokla Ivanovna („Uylanish“), Roller („Qaroqchilar“), Momo („Chimildiq“) kabi rollari bilan shuxrat qozondi. Uning ijrosi hayotiy haqiqat va samimiyat namunasi boʻlib, dialoglarni juda ishonarli olib borish, rolning eng mayda koʻrinishlariga ham noziklik bilan yondashish, mimik harakatlardan ustalik bilan foydalanish aktrisa ijodiga xos. Filmlarda ham suratga tushgan: Sotti („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), telba ayol („Qaldirgʻoch“), Ona („Yolgiz yodgorim“), Ona („Chayongul“), qoʻshni xotin („Sharif va Maʼrif“), Momo („Chimildiq“) va boshqalar[2].

Dilbar Ikromova 2020-yil 25-avgust sanasida 73 yoshida koronaviris kasalligi natijasida vafot etgan va Toshkent shahridagi Yalongʻoch-2 qabristoniga dafn qilingan[3].

Unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]