Kontent qismiga oʻtish

Ikromov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ikromov – kelib chiqishi arabcha boʻlgan Ikrom ismidan yasalgan erkaklar familiyasi. Ikramov shakli ham mavjud. Ikrom ismi izzat, ehtirom, obroʻ, martaba, hurmat yoki sovgʻa, tuhfa, hadya maʼnolarini anglatadi. Ayollar uchun Ikromova shaklidan foydalaniladi.

Ushbu familiyaga ega boʻlgan taniqli shaxslar:

Davlat arboblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Akmal Ikromov (1898—1938) – davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston hukumat rahbarlaridan biri.
  • Anvar Ikromov – Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi.
  • Isak Ikromov (1906—1938) — Shahrixon komsomoli sekretari. Maʼlum davrlar oraligʻida Andijon va Toshkent komsomol komitetining sekretari, Xorazm okrugi tashkiliy byurosi aʼzosi.
  • Mirzamurod Ikromov (1949-yil) – oʻzbek oʻqituvchisi. Toshkent viloyatining sobiq hokimi (1993—1995).
  • Adham Ikromov — Oʻzbekistonlik shifokor va siyosatchi. Oʻzbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri.
  • Muzrob Ikromov — oʻzbek huqushunosi, davlat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri (2015—2017), Oʻzbekiston Hisob palatasi raisi (2017—2019).
  • Azizbek Ikromov — oʻzbek davlat arbobi, general-mayor. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari (2019—2023).

Olimlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Mamatqul Ikromov (1923—????) — botanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, biologiya fanlari doktori, professor.
  • Isomiddin Ikromov (1951—2014) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.

Adiblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Komil Ikromov (1927—1989) sovet yozuvchisi, dramaturg va publitsist.

Rassomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hamidulla Ikromov (1909—1964) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalq rassomi.
  • Iskandar Ikromov (1904—1972) — grafik rassom, kitob grafikasi ustasi. Oʻzbekiston xalq rassomi.
  • Usmon Ikromov (1875—1960) — ganch oʻymakorligi ustasi.

Sanʼatkorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Imomjon Ikromov (1891—1980) – sozanda (gʼijjak), bastakor. Oʻzbekiston xalq artisti.
  • Alisher Ikromov (1962-yil) — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi.
  • Dilbar Ikromova (1947—2020) — teatr va kino aktrisasi, Oʻzbekiston xalq artisti.

Faollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Muhammadali Ikramov (2004—2024) — oʻzbek internet faoli, oʻzbekcha Vikipediya maʼmuri. Oʻzbekcha Vikipediyada „Salazarov“ nomi ostida faoliyat olib borgan.

Sportchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Maʼmur Ikromov (1982-yil) — oʻzbekistonlik futbolchi. Toshkentning Lokomotiv futbol klubi sobiq darvozaboni.
  • Farrux Ikromov (1998-yil) — oʻzbek futbolchisi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi yarim himoyachisi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikromov soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.