Kontent qismiga oʻtish

Mamatqul Ikromov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mamatqul Ikromovich Ikromov (1923.30.4, Samarkand) — botanik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), biologiya fanlari doktori (1972), prof (1973), Samarqand Davlat Universitetini tugatgan (1953), botanika kafedrasi mudiri (1964-87), 1988-yildan professorkon-sultant. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Bozulbang (lagoxilus)ning biologiyasi va ekologiya hamda uni madaniylashtirish, Oʻrta Osiyodagi dorivor oʻsimliklar zaxiralarini aniqlash, ular biologiyasi, ekologiya, geog.si, morfologiyasi, ana-tomiyasi va sistematikasini oʻrganish ustida tadqiqot olib borgan. "Tuban usimliklar", "Botanika (usimliklar morfologiyasi va anatomiyasi)" darsliklari muallifi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Oʻrta Osiyo bozulbang turkumi, T., 1976; Yangi dorivor usimliklar, T., 1993; Zarafshon vohasining oʻrta qismida oʻsuvchi dorivor usimliklar va ularni muhofaza qilish, T., 1992.