Ilariya Raykova
Ilariya Alekseyevna Raykova (1896.17.9, Samarqand viloyati — 1981.25.10, Toshkent) — botanik. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1945), biologiya fanlari doktori (1944), professor (1945). Samarqanddagi xotinqizlar gimnaziyasini tugatib (1913), Petrograddagi Oliy kurslardaoʻqigan (191419), 1920-yildan Turkiston universitetida oʻqituvchi, dotsent (193033), professor (193345), tuban oʻsimliklar (1938—40), 1945-yildan darvinizm, genetika va eksperimental morfologiya kafedrasi mudiri. R. Oʻrta Osiyo boʻylab koʻp ekspeditsiyalar uyushtirgan va ularga boshchilik qilgan. Asosiy ilmiy ishlari Pomirdan qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanishga, gʻoʻzaning tuzilishi va rivojlanishiga hamda Oʻrta Osiyo uzumlariga bagishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sornie rasteniya, vrediteli i bolezni rasteniy na polyax Vostochnogo Pamira i ix proisxojdeniye, T., 1953.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |