Ildiz (oʻsimlik)
Ildiz (radix) — oʻsimlikning eng muhim organi. I. tuproqdan suv va oziq moddalarni soʻrib olish, oʻzida murak-kab birikmalarni sintez qilish va ularni oʻsimlikning yer ustki qismi (poyasi, barglari) ga koʻtarib berish funksiyasini bajaradi. I. tuproqqa mikroflora rivojini tezlashtiruvchi har xil birikmalar ajratadi va tuproq hosildorligini oshiradi. Bundan tashqari, I. baʼzi organik moddalarni sintez qiladi. Koʻpgina oʻsimlik I. vda zaxira toʻplanadi.
Tuban oʻsimliklar, lishayniklar, yoʻsinsimonlar va ayrim zamburugʻlarda I. vazifasini rizoidlar (tuksimon va b. shakllardagi bir va koʻp hujayrali sodda I.lar) bajaradi. I. koʻpincha ingichka silindrsimon yoki ipsimon boʻladi. Urugʻ yerga tushgandan keyin, murtakdagi I. rivojlanib, asosiy I. ga aylanadi. Asosiy I. tarmoklanib, birinchi tartib, ular oʻz navbatida tarmoklanib, ikkinchi tartib va hokazo yon I. hosil qiladi. Asosiy va yon I. lardan tashqari koʻpgina oʻsimliklarda poya va barglardan oʻsib chiqadigan qoʻshimcha I. uchraydi. Oʻsimlik poyasini tuproqqa koʻmish yoʻli bilan qoʻshimcha I. paydo qilish mumkin. Pomidor, kartoshka, makkajoʻxori chopiq qilingandan keyin koʻplab qoʻshimcha I. lar chiqaradi; bu I. lar oʻsimlikni mustahkamlab, oziqlanish sharoitini yaxshilaydi va hosilni koʻpaytiradi.
I. lar tuproqda tarqalishiga qarab oʻq ildiz va patak ildizga boʻlinadi. Asosiy I. yaxshi rivojlanib, yoʻgʻonligi va boʻyi bilan boshqalardan kattaroq boʻlsa, oʻq ildiz deyiladi. Bu xildagi I. lar, asosan, ikki pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, asosiy I. tuproqqa chuqur kirib boradi (mas, beda, qizilmiya, yantoq). Oʻq ildiz choʻl oʻsimliklarida 15–20 m gacha boradi. Patak ildizlar bir pallali oʻsimliklarga xos boʻlib, bularda asosiy I. barvaqt quriydi yoki butunlay paydo boʻlmaydi, baʼzan esa oʻsayotgan patak I. lar bilan bir xilda oʻsadi (boshokdoshlarda). Ingichka oq I. chalar tukchalar bilan birga I.ning faol qismini hosil qiladi; uning uz. 10—15 sm, diametri 0,6—1,0 mm va undan ortiq boʻladi. Dagʻallashgan, rangi qoʻngʻirlashgan I.lar asosiy I. bilan birga I. tarmogʻining oʻtkazuvchi qismini tashkil etadi. Faol qismdagi I. chalar uchi I. gʻilofi bilan qoplangan, gʻilof I.ni tuproq orasiga oʻsib kirishda zararlanishdan saqlaydi. Gʻilof ostida hujayralarning boʻlinish — choʻzilish (oʻsish) zonasi joylashgan, uning hujayralari juda tez oʻsish xususiyatiga ega. Bundan key-in differensiallanish, yaʼni I. tukchalari zonasi (I. chaning asosiy qis-mi) keladi; suv va unda erigan oziq moddalar shu zonada soʻriladi. Masalan, gʻoʻzada tashqi muhit sharoitiga qarab asosiy (bosh) I. yerga 2 m va undan ham chuqur oʻsib kiradi; chuqurga kirgan sari u ingichkalashib (yuqorida 1,5—2 sm dan pastki qatlamlarda 1–2 mm gacha) boradi. Yon I. lar yon tomonlarga 50—100 sm gacha tarqalib oʻsadi. Oʻq I. nobud boʻlsa, uning vazifasini birinchi bir-lamchi tartib yon I.lar bajaradi, lekin bunda I. boʻyiga oʻsa boshlaydi.
Koʻp oʻtlarning I.lari etdor boʻladi (lavlagi, sabzi, turp va b.). Etdor I. lar kraxmal, har xil qandlar, shilim-shiq moddalar, inulin, gemitsellyuloza va b. zaxira moddalarni saqlash vazifasini bajaradi. Masalan, lavlagi I. sa-harozaga, kartoshkagul I. boʻrtmalari inulinga, gulxayri I.i kraxmal va shilimshiq moddalarga boy.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Usmanov A. N., Teoreticheskiye osnovi kornevogo pitaniya xlopchatnika pri poluchenii visokogo urojaya v usloviyax iskusstvennoy sredi, T., 1984.
Abdukarim Zikiryoyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]ILDIZ oʻz vazifasini samarali bajarishida muhit sharoitining oʻrni katta