Ildiz taraladigan qatlam
Ildiz taraladigan qatlam — oʻsimlik ildiz tarmogʻi joylashgan tuproq qatlami. Q.x. da ekiladigan bir yillik oʻsimliklar ildizining asosiy qismi (80% ga yaqini) haydalma, baʼzan esa haydalma osti qatlam (60—80 sm)da tarqaladi. Shuning uchun beriladigan oʻgʻitlar faqat haydalma qatlamga solinadi. Suv berish meʼyorlarini hisoblashda gʻoʻza vegetatsiyasining birinchi davri (meva tugishgacha) uchun avtomorf tuproqlarda 70 sm, meva tugish davri uchun esa 100 sm chu-qurlik I.t.q. deb olinadi. Dukkakli ekinlardan beda ildizi tuproqqa 7— 10 m va undan ortiq kirib boradi. Meva daraxtlaridan olmaning ildizi qalin qavatli boʻz tuproq yerlarda 6 m chuqurlikkacha, tarqalish doirasi esa 12 m dan ortadi, ildiz taralish doirasi shox-shabbalar doirasidan 1,5—2 marta katta boʻladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |