Kontent qismiga oʻtish

Ildizmevalilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ildizmevalilar, ildizmevalar — isteʼmol qilinadigan qismi (mevasi) ildizda boʻladigan ekin (sabzavot) lar; Sershira ildizi, yaʼni ildizmevasi uchun ekiladi. Koʻpgina I. oziq-ovqat va yem-xashak ekini hisoblanadi. Bir yillik I. ga rediska, ikki yillik I. ga sabzi, lavlagi, sholgʻom, bryukva, petrushka, selderey, turp kiradi. Ikki yillik I. urugʻi sepilgan yili toʻpbarg chiqarib, ildizmeva hosil qiladi, ikkinchi yili gulpoya chiqarib urugʻ beradi. I. ning mevasi gʻoyat yirik boʻlishi bilan ajralib turadi, mas, yapon turpining ogʻirligi 16—30 kg ga, pastki barglari uzunligi, 1 m ga boradi. Ildizmevada shakar (qand lavlagi, bryukva), inulin (sachratqi), kraxmal (qatron), vitaminlar (sabzi, sholgʻom, rediska) toʻplanadi. I. yaxshi ishlov berilgan, unumdor, namgarchilik yetarli yerlarda moʻl hosil beradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil