Kontent qismiga oʻtish

Ilhom Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdullaev Ilhom
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1965
Turkmaniston
Siyosiy partiyasi Milliy tiklanish
Kasbi matematik
Maʼlumoti Turkmaniston davlat pedagogika instituti

Abdullaev Ilhom Zairovich (tugʻ. 1965-yil 18-may, Turkmaniston Respublikasi) – matematik, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.

Abdullaev Ilhom 1965-yil 18-mayda Turkmaniston Respublikasida tugʻilgan. 1985-yilda Turkmaniston davlat pedagogika institutini tugatgan. U oʻzbek, ingliz va rus tillarida gaplashadi. Bitirgandan soʻng, u oʻz ixtisosligi boʻyicha ishladi – matematika oʻqituvchisi. Birozdan keyin u fizika-matematika fanlari nomzodi va siyosiy fanlar doktori unvonlarini oldi[1]. 2010-yilda u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylandi. Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi fraksiyasiga aʼzo boʻldi[2]. Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qoʻmitasining aʼzosi[3].

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻninchi sessiyasi doirasida senat raisi Tanzila Norboyeva „Matbuot va axborotni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ mukofotini topshirdi[4].

  1. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  2. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  3. „arxiv nusxasi“. 2021-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  4. https://lex.uz/docs/5113043