Ilhomjon Siddiqov
Ilhomjon Siddiqov | |
---|---|
Tavalludi |
10-iyun 1959-yil Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
Taʼlimi | Toshkent politexnika institut |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Ilhomjon Hakimovich Siddiqov (1959-yil 10-iyun, Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2015), professor (2016).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilhomjon Siddiqov 1959-yil 10-iyun Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan[1]. 1976—1981-yillarda Toshkent politexnika institutida oʻqigan. 1981—1992-yillarda Toshkent politexnika instituti assistenti, oʻqituvchisi, 1992—2001-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti, energetika markazi fakulteti dekani muovini, 2001—2002-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti kadrlar boʻlimi boshligʻi, 2002—2005-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti elektrstansiyalari kafedrasi mudiri, 2005—2014-yillarda Toshkent davlat texnika universiteti elektrstansiyalari tarmoqlari va tizimlari kafedrasi dotsenti, 2014—2017-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti energiya taʼminlash tizimlari kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2017-yildan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti energiya taʼminlash tizimlari kafedrasi professori[1].
Ilmiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilhomjon Siddiqov 300 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar, shu jumladan 4 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 5 ta monografiya, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar va 100 dan ortiq maʼruza tezislari, 20 dan ortiq uslubiy ishlar, 6 ta ixtiro, 8 ta ixtiro foydali modeliga patent hamda 20 dan ortiq dasturiy taʼminot guvohnomasi, 3 ta oʻquv qoʻllanmalar muallifi hisoblanadi[1]. 2023-yildan Jahon Bankining loyihalarni boshqaruv guruhi filialida „Energiya samaradorlikni oshirish“ koordinatori[1].