Kontent qismiga oʻtish

Illi, Nora

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Illi Nora
Tavalludi 3-aprel 1984-yil
Vafoti 23-mart 2020-yil (35 yosh)
Bremgarten-Bern
Fuqaroligi Shveysariya
Kasbi CISS a'zosi, Shvetsariya markaziy musulmonlar qo'mitasi raisasi
Turmush oʻrtogʻi Qosim Illi
Bolalari 6 nafar

Nora Illy (nemischa: Nora Illi ; 3-aprel 1984-yil, Oʻlimi: 23-mart 2020-yil, Bremgarten-Bern, Bern) — islomni qabul qilgan va islom daʼvatchisi boʻlgan shveysariyalik ayol[1]. U Shveysariya Markaziy Islom Kengashi (CISS) raisasi edi. Illy bir nechta televizion tok-shoularda qatnashgan va oʻzining intellektual va siyosiy qarashlari bilan qizgʻin muhokamalarga sabab boʻlgan.

Illy Usterda[2], Tsyurix kantonida tugʻilgan. Uning otasi nemis asli taniqli shveysariyalik psixoterapevt, onasi esa ijtimoiy xodim edi. Illy kichkinaligida ota-onasi ajrashib ketishgan. Illy katolik boʻlgan. Oʻsmirlik vaqtida u shaxsiy erkinlikni himoya qildi va diktatura oʻrnatishga qarshi chiqdi.

18 yoshida Illy Dubayga sayohat qildi va oʻsha yerda ilk marta azon eshitdi va Shveysariyaga qaytib kelgach, Islomni qabul qildi. Ikki hafta oʻtgach, uning turmush oʻrtogʻi Qosim Illi ham Islomni qabul qildi. Er-xotin CISSning faol aʼzolari edi[3]. Yigirma yoshida Nora Illi omma oldida niqabda yurgan.

Doktorlik dissertatsiyasini qoʻlga kiritgunga qadar oʻz shahrida Tsyurix universitetidan teologiya boʻyicha oʻqishni davom ettirdi. Oʻsha yillarda Illi ICSS ayollar bilan ishlash boʻlimiga rahbarlik qilgan. Islom dinini qabul qilganidan soʻng u islom daʼvatchisiga aylandi.

2016-yil noyabr oyida Anna Uilning tok-shousiga bergan intervyusida Illi shunday dedi: „ Men musulmonlarga nisbatan notoʻgʻri munosabatda boʻlardim. Men ham boshqalardek barcha musulmon ayollar zulm ostida, deb oʻyladim. Ammo men Islom ayollarga marvaridga boʻlgani kabi munosabatda boʻlishini bildim“. Uning qoʻshimcha qilishicha, u turli madaniyatlardan kelib chiqqan baʼzi notoʻgʻri muammolar va eʼtiqodlar mavjud boʻlib, ular aslida islomga tegishli boʻlgan, lekin haqiqatda bu bilan hech qanday aloqasi yoʻq degan xulosaga kelgan. Illy islom tufayli oʻzini ayol sifatida koʻrsata boshlaganini tasdiqladi va musulmon sifatida unga hech qachon buyum kabi munosabatda boʻlishni boshdan kechirmaganini qoʻshimcha qildi. U niqob kiyishni boshlashdan oldin erkaklar unga buyumdek munosabatda boʻlishlarini va ularni faqat uning tanasi jalb qilishini taʼkidladi.

Illy nemis va Shveysariya ommaviy axborot vositalari uchun bir nechta telekoʻrsatuvlarda ishtirok etgan va u yerda bir nechta intellektual va siyosiy fikrlarni bildirgan. Shundan soʻng uning bu fikrlari koʻplab bahslarga sabab boʻlgan.

2016-yilning noyabrida Illining mashhur Anna Uill telekoʻrsatuvida chiqishi telekoʻrsatuvda radikal fikrlarni ifodalash kerakmi yoki yoʻqmi, degan masalada koʻplab bahs va shov-shuvlarga sabab boʻldi. Illining baʼzi iqtiboslari intervyu davomida koʻrsatilgan va "Islomiy davlat" terrorchilik tashkilotining radikal qarashlarini targʻib qilish sifatida talqin qilingan. Ushbu muhokama natijasida unga qarshi bir nechta daʼvolar qoʻzgʻatildi, ammo Gamburg prokuraturasi 2017-yil fevral oyida barcha dastlabki tergovlarni toʻxtatdi[4].

Shveysariya va xorijdagi televidiniya va ommaviy tadbirlarda niqab kiygan holda paydo boʻlgan Illi juda koʻp shov-shuvlarga sabab boʻldi. Uning bu uslubda kiyinishi atrofidagi koʻchilikni haqoratomuz soʻzlarini eshitishiga sabab boʻldi. Illy koʻp xotinlik tarafdori edi. Kompyuter olimi Kaasim Illi bilan turmush qurgan, ularning olti ta farzandi bor edi[5].

Nora Illy 2020-yil 23-mart kuni 35 yoshida Berndagi kasalxonada uzoq davom etgan kasallikdan soʻng (koʻkrak saratoni) vafot etdi[6].

  1. „Controversial Swiss convert to Islam dies aged 35“. 26-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  2. Katia Murmann. „Hinter dem Schleier“ (25-iyun 2011-yil). 30-dekabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2016-yil.
  3. „Vorstand IZRS“. izrs.ch. 12-noyabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2016-yil.
  4. „"Anne Will" - Gast Nora Illi im Nikab: Die Menschenfängerin in der Talkshow“. DER SPIEGEL. 25-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-mart 2020-yil.
  5. Sibilla Bondolfi. „Warum Islam? Drei Konvertitinnen erzählen“. Swissinfo (30-iyun 2016-yil). 27-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-noyabr 2016-yil.
  6. „IZRS: Nora Illi ist im Alter von 35 Jahren verstorben“ (olmoncha) (24-mart 2020-yil). 24-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.