Illiyyin
Illiyyin yoki Illiyyun (arab. عِلِّيِّين, عِلِّيُّون: jannat, yuqori dunyo) Qur’onda kelgan atama boʻlib, Allohning Arshiga eng yaqin yettinchi osmonda Jannat ustidagi “eng baland” va “yuqori” joylarga ishora qiladi[1][2]. Boshqa talqinga koʻra, Illiyyin bu Qur’onning Mutoffifin surasi 18-20 - oyatlarida zikr qilingan yaxshi kishilar roʻyxati yoki kitobidir[3][4]. Shuningdek, u moʻminlarning qiyomatdan oldingi qarorgohi sifatida ham tushuniladi[5]. Illiyyinning antitezasi Sijjindir[6].
Etimologiyasi Illiyyin soʻzi “aliy” (arabcha: عَلِيّ) soʻzining koʻpligi boʻlib, “yuksak, baland, a’lo” degan ma’noni bildiradi. Uning oʻzagi “ع ل و” - yuksalish, baland boʻlish yoki koʻtarilish bilan bogʻliq.
Shialikda Ba’zi shia rivoyatlariga koʻra, Ahli Bayt a’zolari Illiyyin tuprogʻidan yaratilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Abdul-Rahman, Muhammad Saed. Tafsir Ibn Kathir Juz' 22 (Part 22): Al-Ahzab 31 To Ya-Sin 27 (inglizcha). MSA Publication Limited, 2009. ISBN 9781861796141. Qaraldi: 3-oktabr 2019-yil.
- ↑ Tafsir Ibn Kathir all 10 volumes (inglizcha). IslamKotob. Qaraldi: 3-oktabr 2019-yil.
- ↑ Imani, Sayyid Kamal Faqih. An Enlightening Commentary Into the Light of the Holy Qur'an. Tehran, Iran: Imam Ali Foundation, 4-noyabr 2015-yil. ISBN 9781519112446. Qaraldi: 3-oktabr 2019-yil.
- ↑ ISBN 978-8-120-60672-2. p. 200.
- ↑ Lange, Christian. Paradise and Hell in Islamic Traditions. Cambridge United Kingdom: Cambridge University Press, 2016. ISBN 978-0-521-50637-3.
- ↑ Abdul-Rahman, Muhammad Saed. Tafsir Ibn Kathir Part 30 of 30: An Nabaa 001 to An Nas 006 (inglizcha). Muhammad Saed Abdul-Rahman, 2018. Qaraldi: 3-oktabr 2019-yil.