Kontent qismiga oʻtish

Illyuzionizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Illyuzionizm, illyuziya sanʼati — 1) dirk va estrada sanʼati turi. Asosiy ifoda vo-sitasi — fokus. Maxsus apparatlar, qurilmalar (tagi ikki qavatli sandiq, idishlar, optika asboblari) yordamida fokus kursatish, tomoshabin koʻzini chalgʻitib, epchil harakatlar bilan "moʻʼjiza" yaratish. Qadimdan Misr, Yunoniston, Rim, shuningdek, Sharq mamlakatlarida I. tomoshalari namoy-ish etilgan. Hozir fan va texnika yutuklari yordamida murakkab tomoshalar koʻrsatishga imkon yaratildi. I. sanʼati bilan shugʻullanuvchi illyuziyachi deyiladi. I. sanʼatini rivojlantirishda G. Gudini, D. Kopperfild (AQSH), P. Sorkar (Hindiston), E. Kio, oʻgʻillari I. va E. Kiolar, Alli Vad, A. Akopyan (Rossiya) va b. ning xizmatlari katta. Oʻzbekistonda ham I. qadimdan mavjud boʻlib, oʻzbek dirkida illyuziyachilar nayrangboz, koʻz bogʻlovchi deb nomlangan. Ular suv ichib, olov purkagan, ogʻziga qogʻoz, uvada ti-qib, rangli ip yoki lentalar chiqargan, "sehrli kosa" ga buyruq qilib, suv ulashgan, "Kashmir kitobi"ning oq sahifalarida turli yozuv hamda suratlar paydo qilgan, tuproqdan palov pishirgan, xanjar yutgan, shogird quloklaridan ip oʻtkazgan, quyon, qargʻa, ilon ishtirokida turli fokuslar koʻrsatishgan. Oʻzbek nayrangbozlarining noyob sanʼati Navoiy, Vosifiy asarlarida aks etgan. Hoz. kunda I. oʻyinlari Toshkent dirki va "Sahnadagi dirk" tomoshalarida alohida oʻrin egallaydi. Oʻzbek illyuzionistlaridan F. Rajabov, P. Egamberdiyev, T. Toji-boyev va b. rangbarang fokuslardan tu-zilgan qiziqarli dasturlar koʻrsati-shadi. Ular Germaniya, Misr, Xitoy, Livan, Birlashgan Arab Amirliklari, Vyetnamda oʻz sanʼatlarini namo-yish etishgan. Oʻzbek milliy anʼanaviy dirkida nayrangbozlardan shohimardonlik L. Usmonov, namanganlik D. Umarov, A. Mamatov, xorazmlik A. Rahimov va B. Yusupov, qoʻqonlik M. Toshtemirovlar barakali ijod qilmoqdalar; 2)tasviriy sanʼat asarlarida borliqni xuddi oʻziga oʻxshatib koʻrinadigan darajada tasvirlash; I. da mavjud narsalar va borliq bilan uning tasviri orasidagi chegarafarqni yoʻq qilish nazarda tutiladi. I. antik davr rangtasvirida paydo boʻlgan, Uygʻonish davrida muhim oʻrin egallagan, barokko sanʼatining asosiy tamoyillaridan biriga aylangan (mahobatli bezak sanʼatining barokko uslubidagi instituteryerlarida mavjud meʼmoriy boʻshliq cheksizlikka intilayotgan tasviriy boʻshliqb-n qoʻshilib ketadi). Shudavrda ishlangan tasvirlarda rassomlar perspektiva imkoniyatlaridan foydalanib murakkab kompozitsiyalar yaratdilar, devor, shiplarga ishlangan rasmlar goʻyo borliq bilan qoʻshilib ketayotgandek tasavvur hosil qiladi, tasvirlar devorlarni oʻpirib cheksizlikka oʻtib borayotgandek, xonadagi ustun va devorlar shu cheksizlikning boshlanishidek tuyuladi. I. koʻproq mahobatli rassomlikka xos boʻlsa ham, ayrim rassomlar dastgoxli sanʼat (mas, rangtasvir, kam hollarda grafika natyur-mortlari) da ham I. dan foydalanishga intiladi.

Poʻlat Toshkanboyev, Neʼmash Abdullayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil