Ilmen qoʻriqxonasi
Ilmen qoʻriqxonasi - Jan. Uraldagi barcha tabiiy boyliklarni kompleks ravishda oʻrganish ishlari olib boriladigan ilmiy markaz. I. q. oʻzining mineralogik boyliklari boʻyicha Yer sharidagi noyob rayonlardan. Rossiyaning Chelyabinsk viloyati hududida, Jan. Uralning sharqiy yon bagʻirlarida joylashgan. Qoʻriqxona tarkibiga Ilmen togʻ tizmasining 55 km uzunliqsagi qismi, Kosaya togʻi, Ar-gayash, Katta Tatkoʻl, Kichik Kisegach, Katta Miass koʻllari kirgan. Mayd. 30380 ga. 1920 yilda mineralogiya muzeyi sifatida tashkil qilingan. 1935 yilda kompleks qoʻrikxonaga oʻzgartirilgan.
I. q. Jan. Uralga xos boʻlgan minerallar va togʻ jinslari hamda Ilmen togʻlarining flora va faunasini saqlash va oʻrganish maqsadida tashkil qilingan. I. q. da laboratoriyalar bilan taʼminlangan ilmiy baza faoliyat koʻrsatmoqda. Qoʻriqxona hududida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari davomida bu yerdan 200 ga yaqin mineral turi (shulardan 11 tasi jahonda il k bor) aniqlangan boʻlib, ularning 30 dan koʻprogʻi, jumladan slyuda, topaz, ilmenit, kankrinit, vishnevit, chevkinit, ishkulit va b. dastlab shu yerdan topilgan. Qoʻriqxonada foydali qazilma konlarining qad. qoldiklari saqlangan. Bu esa tabiiy mineralogiya muzeyi sifatida katta ilmiy ahami-yatga ega.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |