Ilmi iyqo
Ilmi iyqo (arab — iyqo haqidagi ilm) — ilmi musiqiyning tarkibiy qismi. Yaxlit va tugal nazariya sifatida Abu Nasr Forobiyning asarlari ("Kitobul musiqa al-kabir", "Kito-bul iyqoʼot", "Kitob fi ixsouliyq-oʼot" va b.)da ilk marotaba ilmiy asoslab berilgan va keyinchalik, Ibn Sino ("Kitob ash-shifo") va Qutbiddin ash-Sheroziy ("Durratut-Toj li gʻurratid-diboj") risolalarida rivojlantirilgan. I.i. taʼlimotining asosiy un-suri — naqr (nuqta, eng kichik va boʻlinmas zamon)dir. Davr tarkibidagi naqrlar soni va sifati jihatidan iyqolar ikki sinfga boʻlinadi: muvas-sal (ulangan, uzluksiz) va mufassal (boʻlingan, ayrilma). Har bir sinf, oʻz navbatida, bir necha turlardan iborat. 10-asr badiiy ijodiyotida qoʻllangan jami ritmik shakllarni Forobiy 12 asl (usul)ga asoslangan yaxlit iyqolar tizimi sifatida bayon etgan. Mazkur 12 usullar musiqiy amaliyotda doimo yangicha badiiy estetik sifat ("vujud al-afzal") darajasida namoyon boʻladi. Iyqo usullariga turli ritmik, akustik, dinamik vositalar yordamida kerakli badiiy mazmun kiritish maʼdulot (tenglamalar) yoki tagʻiyrot (oʻzgartuvlar, almashtiruvlar) deb ataladi. I.i.ning taʼlimoti "Forobiy jahonda birinchi boʻlib ilgari surgan geni-al goya edi" (J.D.Sava). Badiiy vaqt ("al-on")ning yaxlitligi haqidagi Forobiyning fikriga Gʻarbiy Yevropa olimlari 20-asrning 2-yarmidagina (Klod Levi Stross, Susanna Langer va b.) yetib kelishdi va tan olishdi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nazarov A., Forobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika xususida (mumtoz iyqo nazariyasi), T., 1995.
Abdumannon Nazarov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |