Ilmi ramal
Ilmi ramal (arab. — bashoratchilik ilmi) — folbinlik, astrologiyaning bir turi. Sharq mamlakatlari, xususan, Oʻrta Osiyo, Eron, Hindiston, Arabiston xalqlarida keng tarqalgan edi. Kishilarning tabiat va jamiyat hodisalarini, kelajakni oldindan bilishga intilishi natijasida kelajakni koʻra bilishning ilmiy va gʻay-riilmiy koʻrinishlari paydo boʻldi. Kishilar olam haqidagi tasavvur va tu-shunchalari ibtidoiy boʻlgan davrlarda yulduzlar harakati va holati, osmondagi sirli hodisalar — sayyoralar, Oy, Quyoshlarning harakatlari, Quyosh va Oylarning tutilishi, daryolarning toshishi, soʻyilgan molning ichakchavoqlari holatiga qarab, tomir ushlab yoki yerga tosh-danaklar sochib rom ochganlar. Podsholar safarga otlanishdan oldin yoki biror muhim ishni boshlashdan oldin saroydagi maxsus rammol (rom ochuvchi) larga murojaat qilganlar. Romchilarning fikrlariga qarab, biror qarorga kelganlar. I.r. gʻayriilmiy boʻlib, hozirgi zamon fani uni qatʼiy rad etadi. Ilmiy bashoratning I. r. bilan hech qanday aloqasi yoʻq (yana q. Bashorat). [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |