Kontent qismiga oʻtish

Ilmi taʼlif

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ilmi taʼlif (arab. — yaratish ilmi) — oʻrta asrlar Sharq musiqa nazariyasida ilmi musiqiyning muhim tarmogʻi. I.t. kuy yaratishga taallukli barcha masalalardan bahs etgan: nagʻma, boʻʼd, jins, jam, maqom (lad), alhon (kuy)ning turli xillarini yuzaga keltirish, musiqa asboblarining tuzilishi, ularda turli balandlikdagi tovushlar hosil qilish usullari, umuman ijrochilik masalalari, oʻsha davrdagi musiqaviy hayot, musiqa estetikasi va b. I. t. Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin al-Urmaviy, Mahmud ashSheroziy, Muhammad al-Omuliy, Xoʻja Abdulqodir, Abdurrahmon Jomiy, Zaynulobidin alhusayniy asarlarida keng sharhlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil