Kontent qismiga oʻtish

Ilmiy Tatariston

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ilmiy Tatariston - ilmiy-axborot jurnali. Jurnalning birinchi soni 2000-yilda nashr qilingan. Jurnal tatar tilida nashr etiladi, lekin maqolalarning kirish qismi esa rus va ingliz tilida. Tatar adabiyoti, tarixi va falsafasiga qiziqqan kitobxonlar uchun yaratilgan jurnal hisoblanadi. Tatariston Fanlar akademiyasining "Science" nashriyoti tomonidan nashr etiladi.

Jurnal "2014-2020-yillarda Tatariston Respublikasining davlat tillarini va Tatariston Respublikasida boshqa tillarni saqlash, o'rganish va rivojlantirish" Davlat dasturi doirasida nashr etilgan. OAV da ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnomasi PI. No FS77-65242 01.04.2016 yil.

Maqsadi: Tatariston Respublikasi va chet ellardagi ilmiy yangiliklar haqidagi ma'lumotlarni kengaytirish; tatar tilida ilmiy ishlarini qiluvchi olimlar va aspirantlarning ijodiy va kasbiy faolligini oshirish; Tatar tilining ilmiy sohaga tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlash, fan va ta’limning barcha soxalarida tatar tilining imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish kabilardir.

Jurnal nashri G. Ibrohimov nomidagi Til, adabiyot va san’at instituti zimmasida. Tatariston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidiumi filologiya fanlari doktori, professor, til, adabiyot va san’at instituti direktori Kim Mogallim Minnullinni “Scientific Tatarstan” jurnali bosh muharriri etib tayinlagan.

Jurnal mavzulari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • tatar tili ta'limi,
  • Tatar adabiyotini o‘qish,
  • Tatariston va tatar xalqi tarixi,
  • Tatarlarning ijtimoiy, falsafiy fikri va diniy ta'limoti,
  • Tatar madaniyati, san'ati va boshqalar.