Ilon chaqishi
Ilon chaqishi | |
---|---|
Tailanddagi bir qizning oyog‘ini kobra chaqib olgan | |
Belgilari | Ikkita teshilgan yara, qizarish, shish, sohada kuchli og‘riq |
Mutaxassislik | Shoshilinch tibbiy yordam |
Asoratlari | Qon ketishi, buyrak yetishmovchiligi, og‘ir allergik reaksiya, tishlov atrofidagi to‘qimalar nekrozi, nafas olishdagi muammolar, amputatsiya, zaharlanish |
Sabablari | Ilonlar |
Xavf omillari | Ochiq havoda qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish (dehqonchilik, o‘rmonchilik, qurilish) ta’qib qilish[1][2], mastlik[3] |
Oldini olish | Himoya poyabzali kiyish, ilonlar yashaydigan hududlardan uzoq turish, ilonlarga qoʻl tekkizmaslik |
Davolash | Jarohatni sovun va suv bilan yuvish, antizahar |
Prognoz | Ilon turiga bogʻliq |
Takrorlanishi | Yiliga 5 milliongacha |
Oʻlim holati | Yiliga 94 000 tadan – 125 000 gacha |
Ilon chaqishi – zaharli ilon chaqishi natijasida kelib chiqadigan jarohat hisoblanadi[4]. Zaharli ilon chaqqanining umumiy belgisi asosan hayvon panjasidagi ikkita teshilgan jarohatning mavjudligi hisoblanadi. Baʼzan tishlar orqali zahar yuborish holatlari ham kuzatiladi[5]. Bunday paytda sohaning qizarishiga, shishiga va kuchli ogʻriq paydo boʻlishiga olib kelishi, baʼzi hollarda esa bunday belgilar bir soatgacha paydo boʻlmasligi ham mumkin. Bundan tashqari qusish, koʻrishning xiralashishi, oyoq-qoʻllarning jimirlab turishi va terlash holatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Aksariyat tishlashlar (ilonning chaqishi) qoʻllarda, yoki oyoqlarda boʻladi[6][7]. Ilon chaqqandan keyin qoʻrquvni his qilish keng tarqalgan boʻlib, u yurak urishining tezlashishi (taxikardiya) va hushidan ketish kabi alomatlarni paydo qilishi mumkin[6]. Zahar – qon ketishi, buyrak yetishmovchiligi, kuchli allergik reaksiya, chaqqan joy atrofidagi toʻqimalarning oʻlishi (nekrozi) yoki nafas olish qiyinchiliklarini keltirib chiqarishi[8][5], bundan tashqari ilon chaqishi oqibatida qoʻl-oyoqni yoʻqotish, boshqa surunkali holatlar kelib chiqishi va bu holatlar oʻlimga olib kelishi mumkin[9][5].
Natija yaʼni nimalar sodir boʻlishi ilonning turiga, chaqqan tananing qismiga, yuborilgan zahar miqdoriga, bemor odamning umumiy sogʻligʻiga va shifokor tomonidan oʻz vaqtida ilon zahariga qarshi zardob yuborilganligiga bogʻliq boʻladi[9][10]. Muammolar koʻpincha bolalarda kattalarga qaraganda jiddiyroq boʻladi, chunki ularning tana oʻlchami kichik[11]. Ilon zahariga qarshi allergik reaksiyalar vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin. Bu anafilaksiyani oʻz ichiga olishi mumkin boʻlib, qoʻshimcha davolanishni talab qiladi va baʼzi hollarda esa oʻlimga ham olib kelishi mumkin[9].
Sabablari
[tahrir | manbasini tahrirlash]llonlar ov qilish paytida va bundan tashqari oʻzini himoya qilish uchun ham chaqadi. Qishloq xoʻjaligi, oʻrmonchilik va qurilish kabi sohalarda, tabiat qoʻynida qoʻl bilan ishlash xavf omili hisoblanadi. Tashqarida qoʻl bilan ishlash ilon chaqishi uchun sharoit hisoblanadi. Aynisa, qishloq xoʻjaligida, oʻrmonchilikda va qurilishda[8][5]. Zaharlanishga koʻpincha sabab boʻladigan ilonlarga elapidlar (masalan, kraitlar, kobralar va mambalar), viperlar va dengiz ilonlari kiradi[12]. Aksariyat ilon turlarida zahar yoʻq va ular oʻz oʻljalarini boʻgʻish (siqish) orqali oʻldiradi[6]. Zaharli ilonlar Antarktidadan tashqari qolgan barcha qitʼalarda uchraydi. Chaqishga sabab boʻlgan ilon turini aniqlash koʻpincha mumkin emas[12]. Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkilotining taʼkidlashicha, ilon chaqishi „Koʻpgina tropik va subtropik mamlakatlarda eʼtibordan chetda qoladigan sogʻliqni saqlash muammosi“dir[13]. 2017-yilda JSST ilon chaqishi bilan zaharlanishni eʼtibordan chetda qolgan tropik kasallik sifatida tasnifladi (A toifa). Shuningdek, JSSTning hisob-kitoblariga koʻra, har yili 4,5 milliondan – 5,4 milliongacha odam zaharlanadi va bu raqamlarning 40-50 foizida qandaydir klinik kasallik rivojlanadi[14]. Bundan tashqari, ilon chaqishi[15][14] orqali jarohatlanganlar ichida vafot etganlar soni yiliga 80 000 dan 130 000 gacha boʻlishi mumkin. Bundan koʻzlangan maqsad rivojlanayotgan mamlakatlarda tadqiqotlarni ragʻbatlantirish, zaharlarga qarshi vositalarning mavjudligini kengaytirish va ilon chaqishiga qarshi kurashni takomillashtirishdan iborat[16].
Belgilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barcha ilon chaqqanida eng koʻp uchraydigan dastlabki belgi – bu kuchli qoʻrquv hissi boʻlib, u boshqa alomatlarga sabab boʻlishi mumkin. Bu alomatlarga koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, bosh aylanishi, hushdan ketish, yurak urishining tezlashishi hamda terining sovuq va nam boʻlib qolishi kabilar kiradi[6][20]. Ilon chaqishi turlariga qarab turli xil belgi va alomatlarni keltirib chiqaradi[9].
Quruq ilon chaqishlari va zaharli boʻlmagan turlar tomonidan yetkazilgan jarohatlar ham jiddiy shikast yetkazishi mumkin. Ilon soʻlagidan chaqish joyi infeksiyalanishi mumkin. Baʼzan ilonning zahar tishlari „Clostridium tetani“ kabi patogen mikrobli organizmlarni oʻz ichiga oladi va yangilangan qoqshol immunizatsiyasini talab qilishi mumkin[21][14].
Koʻpchilik ilon chaqishlari, xoh zaharli, xoh zaharsiz ilonlar boʻlsin, maʼlum darajada mahalliy taʼsirga ega boʻladi. Ilon va baʼzi kobralarning chaqishi juda ogʻriqli boʻlishi mumkin. Mahalliy toʻqima baʼzan besh daqiqa ichida nozik va kuchli shishga aylanadi. Bunday paytda sohada qon ketishi va pufakchalarning paydo boʻlishi hamda toʻqimalar nekroziga olib kelishi mumkin. Ilon va ilon chaqishining boshqa keng tarqalgan boshlangʻich alomatlariga lanjlik, qon ketishi, holsizlik, koʻngil aynishi va qusish kabilar kiradi[6]. Simptomlar vaqt oʻtishi bilan hayot uchun xavfli boʻlib, gipotoniya, ogʻir taxikardiya, ogʻir ichki qon ketish, oʻzgargan sensor, buyrak yetishmovchiligi va nafas yetishmovchiligiga aylanishi mumkin.
Baʼzi ilonlar, jumladan kraits, marjon iloni, Moxave chigʻiroq iloni va Crotalus mitchellii (dogʻli chigʻiroq ilon) kabi turlarning chaqishi, ularning jiddiy va hayot uchun xavfli zahariga qaramasdan, ozgina ogʻriq keltirishi yoki umuman ogʻriq keltimasligi mumkin[6]. Baʼzi odamlar ayrim turdagi shaqildoq ilonlar chaqqanidan soʻng, ogʻizlarida „rezinaga oʻxshash“, „yalpizsimon“ yoki „metalga oʻxshash“ taʼm sezishlarini aytishadi[6]. Tupuruvchi kobralar va rinxalslar odamning koʻziga zahar purkashi mumkin. Bu darhol qattiq ogʻriq, koʻz harakati falaji va baʼzan koʻrlikka olib keladi[22][23].
Baʼzi Avstraliya elapidlari va koʻpchilik ilonlarning zahari koagulopatiyani keltirib chiqaradi, baʼzida shunchalik ogʻir holatda boʻladiki, odam ogʻzi, burni va hatto eski, tuzalgan deb oʻylangan yaralardan ham oʻz-oʻzidan qon oqishi mumkin. Miya va ichaklar kabi ichki aʼzolardan ham qon ketishi mumkin[25]. Koʻpincha terida ekximoz (qontalashlar – koʻkarishlar) kuzatiladi[26].
Baʼzi kobralardan, shuningdek barcha viperlar va baʼzi dengiz ilonlaridan chiqariladigan zahar mushak toʻqimasini nekrozga olib keladi. Butun tana boʻylab muskul toʻqimalari oʻla boshlaydi, bu holat rabdomioliz deb ataladi. Rabdomioliz buyrak kanalchalarida mioglobinning toʻplanishi natijasida buyraklarga zarar yetkazishi mumkin. Bu holat gipotenziya bilan birgalikda o‘tkir buyrak shikastlanishiga olib kelishi va davolanmasa oxir-oqibat oʻlimga ham sabab boʻlishi mumkin.
Ilon chaqishi, shuningdek, omon qolganlarning koʻp qismida tushkunlik va jarohatdan keyingi stress holatini keltirib chiqarishi ham aniqlangan[27].
Profilaktika va davolash usullari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilon chaqishining oldini olish uchun himoyalovchi poyabzal kiyish, ilonlar yashaydigan joylardan qochish va ilonlarga tegmaslik kerak[8]. Davolash qisman ilonning turiga bogʻliq[8]. Jarohatni sovun va suv bilan yuvish va oyoqni ushlab turish tavsiya etiladi[8][12]. Zaharni soʻrib olishga urinish, jarohatni pichoq bilan kesish yoki turniketdan foydalanish tavsiya etilmaydi[8]. Antizahar oʻlimning oldini olishda samarali ammo ular koʻpincha yon taʼsirga ega. Zarur boʻlgan antitanachaning turi, ishtirok etayotgan ilonning turiga bogʻliq[12]. Ilonning turi nomaʼlum boʻlsa, antizahar foyda bermaydi. Antizahar koʻpincha hududda maʼlum boʻlgan turlarga qarab beriladi[12]. Dunyoning ayrim hududlarida toʻgʻri turdagi antizahar topish qiyin boʻlib, bu holat ularning baʼzan samarali ishlamasligiga sabab boʻladi[5]. Yana bir qoʻshimcha muammo esa – bu dorilarning narxi[5]. Zaharga qarshi vosita jarohating oʻziga deyarli taʼsir koʻrsatmaydi[12]. Bemorning nafas olishini qoʻllab-quvvatlash baʼzan zarur boʻladi[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Eldorado - Outdoor Safety & Ethics“.
- ↑ „What to do if you encounter a rattlesnake“.
- ↑ „Alcohol and Snake Bites – Reptiles Magazine“ (2011-yil dekabr).
- ↑ „Definition of Snakebite“ (en). www.merriam-webster.com. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 5,5 „Animal bites: Fact sheet N°373“. World Health Organization (2015-yil fevral). 2015-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 6,6 "Bites of venomous snakes". The New England Journal of Medicine 347 (5): 347–356. August 2002. doi:10.1056/NEJMra013477. PMID 12151473.
- ↑ "Venomous snakebites". Journal of Emergency Medical Services 39 (6): 58–62. June 2014. PMID 25109149. https://archive.org/details/sim_jems-a-journal-of-emergency-medical-services_2014-06_39_6/page/n63.
- ↑ 8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 „Venomous Snakes“. U.S. National Institute for Occupational Safety and Health (2012-yil 24-fevral). 2015-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 Eske, Jamie; Biggers, Alana „How to identify and treat snake bites“ (English). Medical News Today. Healthline Media UK Ltd (2018-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 4-may.
- ↑ Rosen's emergency medicine: concepts and clinical practice, 7, Philadelphia: Mosby/Elsevier, 2010 — 746-bet. ISBN 978-0-323-05472-0.
- ↑ World Report on Child Injury Prevention (en). World Health Organization, 2008 — 128-bet. ISBN 978-92-4-156357-4.
- ↑ 12,0 12,1 12,2 12,3 12,4 12,5 12,6 „Neglected tropical diseases: Snakebite“. World Health Organization. 2015-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-may.
- ↑ „Snake antivenoms: Fact sheet N°337“. World Health Organization (2015-yil fevral). 2017-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
- ↑ 14,0 14,1 14,2 Langley, Ricky; Haskell, Marilyn Goss; Hareza, Dariusz; King, Katherine (October 2020). "Fatal and Nonfatal Snakebite Injuries Reported in the United States". Southern Medical Journal 113 (10): 514–519. doi:10.14423/SMJ.0000000000001156. PMID 33005969.
- ↑ <nowiki[1]</nowiki>. Accessed April 15, 2019
- ↑ „WHO | Snakebite envenomation turns again into a neglected tropical disease!“. WHO. 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 17,0 17,1 MedlinePlus – Snake bites (Wayback Machine saytida 4 December 2010 sanasida arxivlangan) From Tintinalli JE, Kelen GD, Stapcynski JS, eds. Emergency Medicine: A Comprehensive Study Guide. 6th ed. New York, NY: McGraw Hill; 2004. Update date: 27 February 2008. Updated by: Stephen C. Acosta, MD, Department of Emergency Medicine, Portland VA Medical Center, Portland, OR. Review provided by VeriMed Healthcare Network. Also reviewed by David Zieve, MD, MHA, Medical Director, A. D. A. M., Inc. Retrieved on 19 mars, 2009
- ↑ Health-care-clinic.org – Snake Bite First Aid – Snakebite (Wayback Machine saytida 16 January 2016 sanasida arxivlangan) Retrieved on 21 mars, 2009
- ↑ Snake bite image example at MDconsult – Patient Education – Wounds, Cuts and Punctures, First Aid for (Wayback Machine saytida 7 January 2016 sanasida arxivlangan)
- ↑ "Envenomation by the Eastern coral snake (Micrurus fulvius fulvius). A study of 39 victims". JAMA 258 (12): 1615–1618. September 1987. doi:10.1001/jama.258.12.1615. PMID 3625968. https://archive.org/details/sim_jama_1987-09-25_258_12/page/n64.
- ↑ Otten E, Blomkalns A. Venomous animal injuries. In: Marx J, Hockberger R,Walls R, eds. Rosenʼs Emergency Medicine: Concepts and Clinical Practice. St Louis: Mosby; 2002
- ↑ "Snake venom ophthalmia and blindness caused by the spitting cobra (Naja nigricollis) in Nigeria". The American Journal of Tropical Medicine and Hygiene 25 (3): 525–529. May 1976. doi:10.4269/ajtmh.1976.25.525. PMID 1084700.
- ↑ "The ocular effects of spitting cobras: I. The ringhals cobra (Hemachatus haemachatus) venom-induced corneal opacification syndrome". Journal of Toxicology. Clinical Toxicology 31 (1): 31–41. 1993. doi:10.3109/15563659309000372. PMID 8433414.
- ↑ "Confronting the neglected problem of snake bite envenoming: the need for a global partnership". PLOS Medicine 3 (6): e150. June 2006. doi:10.1371/journal.pmed.0030150. PMID 16729843. PMC 1472552. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=1472552.
- ↑ Cuhna, John P. „Symptoms and Signs of Snakebite (Snake Bite)“. eMedicineHealth. WebMD (2021-yil 6-avgust). Qaraldi: 2022-yil 26-iyul.
- ↑ Peterson, Michael E.; Talcott, Patricia A. (2013). "Snake Bite: North American Pit Vipers". Small Animal Toxicology: 783–797. doi:10.1016/B978-1-4557-0717-1.00075-2. ISBN 978-1-4557-0717-1. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/B9781455707171000752.
- ↑ "Mental health conditions after snakebite: a scoping review". BMJ Global Health 5 (11): e004131. November 2020. doi:10.1136/bmjgh-2020-004131. PMID 33257419. PMC 7705584. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=7705584.