Iloq zarbxonasi
Iloq zarbxonasi - Iloqda tanga pul zarb qilish uchun Tunkat sh.da qurilgan korxona (8-asr). Ilok konlaridan oltin va kumushning koʻp qazib chiqarilishi tanga zarb qilinadigan maxsus korxona tashkil qilish zaruratini tugʻdirgan. Ilokda 8—9.-a.larda "Maʼdan ash-Shosh" zarbxonasida koʻplab kumush dirhamlar zarb etilgan. Tangalarda sof kumushning koʻpligi sababli I. tangalari 9-asrda boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan. Arxeologik qazishlarda shim.da Shvetsiya va Nor-vegiyadan tortib jan.da Armanistongacha boʻlgan hududda Iloq tangalari xazinalari topilgan. Tarixiy manbalarga koʻra, 10-asrda Movarounnaqrda davlat zarbxonalari faqat Samarqandda va Iloqning poytaxti Tunkatdagina boʻlgan. I. z.da pullar mahalliy muomalalar uchun misdan, umumdavlat xa-zinasi uchun qimmatbaho metallardan zarb qilingan. I.z.da chiqarilgan oxirgi tangalar 11-asrning 2-yarmiga oid.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |