Kontent qismiga oʻtish

Ilyos Seymatov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ilyos Seymatov(1932 – 1981) – Sharqshunos-filolog-uygʻurshunos, filologiya fanlari nomzodi. Olmaota viloyatining Chelak tumanida tugʻilgan. SAGU sharq fakultetining 1956-yil bitiruvchisi.

1956-yildan Chelak tumanidagi oʻrta maktabda uygʻur tili va adabiyoti oʻqituvchisi. 1960 – 1968-yillar Qozogʻiston FAning uygʻurshunoslik boʻlimida laborant, kichik ilmiy xodim. 1969 – 1975-yillarda “Mektep” jurnalida muharrir oʻrinbosari, 1975 – 1980-yillarda esa Olmaotadagi “Mektep” nashriyotida boʻlim boshligʻi; 1980-yildan Qozogʻiston FAning uygʻurshunoslik boʻlimida katta ilmiy xodim.

Ilmiy yoʻnalishi – uygʻur tilshunosligi. 30 ga yaqin ilmiy maqolalar va darsliklar muallifi.

Asosiy ilmiy ishlari:

Nomz. diss. mavzusi: “Vtorostepennыe chlenы predlojeniya v sovremennom uygurskom yazыke”. – T., 1968.

1. Hozirgi zamon uygʻur tili, II qism, Morfologiya va sintaksis. – Olmaota: Nauka, 1966. – Hammualliflikda, uygʻur tilida.

2. Hozirgi zamon uygʻur tilining punktuatsiyasi. – Olmaota: Mektep, 1977. – uygʻur tilida.

3. Izohat tekstlari. – Olmaota: Mektep, 1965, 1973. – Hammualliflikda, – uygʻur tilida.

4. IV – VII sinflar uchun uygʻur tili mashqlar toʻplami. – Olmaota: Mektep, 1979. –uygʻur tilida.

5. Uygʻur tili darsligi. VII sinf uchun. – Olmaota: Mektep, 1979. – Hammualliflikda).