Imagine (John Lennon qoʻshigʻi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Imagine“
qoʻshigʻi
„Imagine“ albomidan
Studiya Ascot Sound, Ascot
Record Plant
Janr

Imagine“ — mashhur ingliz rok musiqachisi Jon Lennonning 1971-yilgi xuddi shu nomdagi qoʻshigʻi hisoblanadi. Qoʻshiq uning yakkaxon karyerasidagi eng koʻp sotilgan albomlardan biri boʻlib, qoʻshiqda muxlislariga manfaatlarsiz, millatlarni ajratib turuvchi chegaralarsiz va dinsiz bir tinchlik dunyoni tasavvur qilishga chaqiradi. Oʻlimidan biroz oldin, Lennon qoʻshiq matni va mazmunining katta qismi uning rafiqasi Yoko Onoga oidligini aytgan edi.[1][2]

Lennon va Ono bu qoʻshiqni Phil Spector bilan birgalikda ishlab chiqadilar. Yozuv ishlari 1971-yil may oyida Angliyaning Tittenhurst Parkidagi Lennonning uy studiyasida boshlanadi, iyul oyida Nyu-York shahridagi Record plantda qoʻshiq yozish ishlari yakunlanadi. Oktyabr oyida Lennon „Imagine“ qoʻshigʻini Qoʻshma Shtatlarda yangi qoʻshiq sifatida eʼlon qiladi va u Billboard Hot 100 roʻyxatidan uchinchi oʻrinni egallaydi. Qoʻshiq birinchi marta 1975-yilda Britaniyada Shaved Fish kompilyatsiyasini targʻib qilish uchun chiqarilgan va oʻsha yili Buyuk Britaniyaning Singles Chart tanlovida oltinchi oʻrinni egallagan edi. Keyinchalik bu qoʻshiq 1980-yildagi Lennonning oʻldirilishidan keyin jadvalda birinchi oʻrinni egallaydi.

BMI „Imagine“ qoʻshigʻini 20-asrning eng koʻp ijro etilgan 100 ta qoʻshigʻiga kiritgan. 1999-yilda u RIAAning 365 ta „Songs of the Century“ roʻyxatidan 30-oʻrinni egallaydi, Grammy shon-shuhrat zalidan oʻrin egallaydi va shuningdek, „Rok-n-Roll shon-shuhrat zali“ga ham kiritiladi. 2002-yilda Buyuk Britaniyada Ginnesning Rekordlar kitobi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomaga koʻra uni barcha davrlarning ikkinchi eng yaxshi taronasi deb topgan edi. Rolling Stone esa 2004-yilda „Barcha zamonlarning 500 ta eng zoʻr qoʻshigʻi“ roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallaydi. 2005-yildan beri tadbir tashkilotchilari ushbu qoʻshiqni Nyu-York shahridagi Yangi yil „Times Square ball“i uchun ijro etib kelishadi.

„Imagine“ Buyuk Britaniyada 1,7 million nusxadan koʻproq sotilgan. Madonna, Stivi Uander, Joan Baez, Ledi Gaga, Elton Jon va Diana Rossni oʻz ichiga olgan 200 dan ortiq sanʼatkorlar qoʻshiqni ijro etgan yoki kover qilishgan. „Imagine“ 2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida namoyish etilgandan soʻng, qoʻshiq yana Buyuk Britaniyaning Top 40 taligiga kiradi va bu roʻyxatda 18-oʻrinni egallaydi. 2022 yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida asrning muhim ahamiyatga ega qoʻshigʻi sifatida taqdim etiladi. Qoʻshiq chiqqanidan beri „hech qanday din yoʻq“ deb tasavvur qilish kabi misralarining borligi sababli qoʻshiq koʻp bahslarga sabab boʻlib kelmoqda.[3]

Kompozitsiya va yozish[tahrir | manbasini tahrirlash]

An image of a medium-sized brown upright piano in a glass case. The piano keys are exposed.
Lennonning „Imagine“ qoʻshigʻini kuylagan Steinway pianinosini 2000-yilda qoʻshiqchi George Michael Buyuk Britaniyada saqlash uchun sotib olgan edi.[4]

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish vaqtda Lennonning oʻgʻli Julian Lennon birinchi marta otasining qoʻshigʻini kuylab, dunyo yetakchilarini, umid va tinchlik tuygʻusiga ishongan barchani qochqinlarni himoya qilib chiqishga chaqirgan edi.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rogers, Jude. „Not the only one: how Yoko Ono helped create John Lennon's Imagine“. The Guardian (2018-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  2. Beaumont-Thomas, Ben. „Yoko Ono could get songwriting credit for Imagine – 46 years late“. The Guardian (2017-yil 15-iyun). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
  3. Raiola, Joe. „John Lennon's 'Imagine' Threatens the Conservative Mindset Far Away and Near“. HuffPost (2017-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 22-fevral.
  4. „George Michael buys Lennon's piano“. BBC News (2000-yil 18-oktyabr). 2012-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 2-sentyabr.
  5. Hernandez, Joe. „John Lennon's son, Julian, performs 'Imagine' for the 1st time, in support of Ukraine“. NPR (2022-yil 11-aprel). 2022-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-may.