Kontent qismiga oʻtish

Imloq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Imloq — qad. shahar harobalari. Olmaliq sh.dan (Toshkent viloyati) 12 km sharqda, Ohangaron daryosining chap soxilida joylashgan. Shahar markazi 5 ga, undan sharqda joylashgan shaqriston mayd. 12,5 ga boʻlgan. Shahristonning daryoga qaragan shim. tomoni mudofaa inshootlari bilan mustahkamlangan, qolgan tomonlari rabod bilan oʻralgan. Arxeologik qazish natijasida 6—7-asr larga oid mudofaa inshootlarining harobalari, 4—11-asr larga oid turar joylar va jamoat binolari, hunarmandchilik korxonalarining qoldikdari topilgan. Shahriston va rabodda topilgan metallurgiya, kulolchilik, shishasozlik korxonalarining qoldiqlari, yirik va kichik kanallar, hovuzlarning izlari I. da madaniyat va sugʻorish ishlari taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Arxeologik va yozma manbalarga asoslanib I. Iloqnnnt markazi — Tunkat sh. bilan bir deb hisoblanadi.

Ld.: Masson M . Ye., Axangeran. Arxeologo-topograficheskiy ocherk, T., 1953; Burya ko v Yu. F., Arxeologicheskiye materiali po istorii Tunketa i Abrliga. Materiali po istorii Oʻzbekistana, T., 1966.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil