Immunitet (xususiyat)
Immunitet, fotoimmunitet, oʻsimliklar immuniteti — oʻsimliklarning kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni oʻziga yuktirmaslik va ular ajratadigan zaharli moddalar taʼsiriga chidamlilik xususiya-ti. I. ni oʻsimliklarda kasallik qoʻzgʻatuvchilarga chidamlilikning eng yuqori darajasi deb hisoblash mumkin. I. sirtdan quyidagicha namoyon boʻladi: kasallik qoʻzgʻatuvchi va uning oʻsimlikka yuqishi uchun zaruriy sharoitlar mavjud boʻlganda I. li oʻsimliklar kasalga chalinmaydi, ularda patologik ja-rayon vujudga kelmaydi; immuniteti yoʻq oʻsimliklar esa bunday sharoitda kasallikka chalinadi. I. ning xususiy koʻrinishi oʻsimlikning chidamliligi (tolerantligi)dan iborat boʻlib, bunda kasallik yuqqan oʻsimlikda hosil miqdori va sifatining keskin pasay-ishi kuzatilmaydi. I.ning namoyon boʻlishi koʻpincha xoʻjayin-oʻsimlikning fermentlar sistemasi, fiton-sidlar, fitoaleksinlar taʼsiri, ok-sidlanishenergiya almashinuvining barqarorligi, baʼzi kimyoviy birik-malar miqdori, shuningdek, oʻsimlikning alohida morfologik tuzilish xu-susiyatlariga bogʻliq. Oʻsimliklarning kasallik qoʻzgʻatuvchilardan himoyalanish mexanizmi yana ularning oʻta taʼsirchanlik reaksiyasidan iborat. Oʻsimliklarda bu xususiyatning asosi shundan iboratki, kasallik yuqqan hujayralar tezda nobud boʻladi va ularda kasallik qoʻzgʻatuvchilar tarkala olmaydi. Kasallik qoʻzgʻatuvchilar va oʻsimliklar himoyalanish mexanizmining turli-tumanligi xususida yagona nazariya yoʻq. Oʻsimliklarning antigenlarga qarshi antitelalar hosil qilish xususiyatlari ham isbotlanmagan. Oʻsimliklarda I. ning maxsus va guruhli xili uchraydi. Maxsus I. da oʻsimliklar kasallik qoʻzgʻatuvchilarning biror turigamansub boʻlgan biotipga yoki irqiga chi-damlilikni, guruhli I. da esa ularning bir qancha irqi yoki turiga chidamlilikni namoyon etadi.
I. irsiy xususiyat boʻlib, duragaylashda naslga beriladi. Kasalliklarga chi-damli navlar yaratishda chidamlilik negizlariga ega boʻlgan oʻsimlik shakllaridan foydalaniladi. Masalan, gʻoʻzaning viltga chidamli Toshkent navlarini yaratishda chidamlilik manbai sifatida yovvoyi Meksika gʻoʻzasidan foydalanilgan (yana q. Oʻsimlikning himoya reaksiyasi).
Abdukarim Zikiryoyev.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |