Kontent qismiga oʻtish

Immunodepressantlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Immunodepressantlar (immunitet va lot. depressio — susaytirish, bosish), immunodepressorlar, immunosupressorlar — kimyoviy va biologik faol preparatlarning katta bir guruhi. Dezoksiribonuklein kislota (DNK), ribonuklein kislota (RNK) taʼsirida oqsil sintezi va I. susayadi. I. antitelolar hosil boʻlishining toʻxtashiga olib keladi. Ular sekin roʻy beradigan allergiya, granulemalar hosil boʻlishi bilan davom etadigan yalligʻlanish, shuningdek, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo (mas, yurak yoki buy-rak) va toʻqimalarning koʻchib ketish reaksiyalarini susaytira oladi. I. ning bir xil i proliferatsiya (hujayralarning koʻpayishi bilan toʻqimalarning oʻsishi)ga qarshi taʼsir etadi. Bunga alkillovchi preparatlar (siklofosfan, xlorbutin, tiofosfamid, pro-spadin va b.), antimetabolitlar (6-merkaptopurin, azatiotrin, 5-ftoruratsil) va b. oʻsmaga qarshi antibiotiklar (maye. aktinomitsin D) va batriden kiradi. Ikkinchi xili limfoid sistemaning funksiyasini susaytiradi. Bunga antilimfotsitar zardoblar (hayvonlarni boshqa turdagi hayvon yoki odam limfotsitlari bilan immunlab olingan zardob) va globulin kiradi. Antilimfotsitar zardoblar hayvonlarni autoimmun kasalliklardan saqlay-di va odamning shunday kasalliklarini bir qadar tuzatadi. I. kollagenozlar, infeksion (revmatoid) poliartrit, revmatizmning uzluksiz retsidivlari, kizil volchanka va b. kasalliklarni davolashda, aʼzolarni koʻchirib oʻtkazishda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil