Kontent qismiga oʻtish

Immunogenetika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Immunogenetika (immunitet va genetika) — immunitetning genetik mexanizmini oʻrganadigan biologik fan. I. immunitet va immun reaksiyalar boshqarilishi asosini tashkil etadigan irsiylanish va oʻzgaruvchanlik qonuniyatlarini oʻrganadi hamda immunologik metodlar yordamida immunitetning genetik mexanizmlarini ochib beradi. I. 20-asr boshlarida odam va hayvonlar qon guruxlarining oʻrganilishi hamda organizmning toksinlar yoki infeksiyalarga taʼsirchanligi ularning irsiy xususiyatlariga bogʻlikligi aniqlanishi bilan fan sifatida shakllana boshladi. I. immunologiya, genetika, molekulyar biologiya, biokimyo bilan bogʻlangan. U antigenlarni sintezlovchi va immun reaksiyalarni boshqa-ruvchi genlar kodining (qarang Genetik kod) kashf etilishi tufayli rivojlanadi. Organlarning koʻchirib oʻtkazilishi va qon quyishda toʻqimalarning mos kelmasligi hayvonlar hujayrasi sirtida joylashgan toʻqimalar muvo-fiqligi gen faoliyati tufayli sin-tezlangan mahsulot bilan bogʻliq. Shu sababdan immunologik jihatdan bir-biridan kam farq qiladigan donor va retsipiyentlarni tanlab olish transplantatsiya ishlarining muvaffaqiyati garovi hisoblanadi. Toʻqimalar muvo-fiqligi genlarning oʻrganilishi na-tijasida odam organizmining koʻpchilik kasalliklarga (sklerozning ayrim shakllari, revmatoid artrit, bolalar diabeti, gijja) taʼsirchanligi ana shu genlarning muayyan allellariga bogʻliqligi aniqlangan. Hujayra tashqi membranasi antigenlariga viruslar (shu jumladan onkoviruslar) birikib olishi tufayli bu antigenlar organiz-mni virus infeksiyasiga taʼsirchan qilib qoʻyadi. Toʻqima muvofikligi an-tigenlari sintezini kodlashtiruvchi genlardan tashqari immun reaksiyalarni boshqaruvchi dominant Ir. genlar (qarang Dominantlik) ham boʻladi. I. "begona"ni immun bilib olish mexanizmini ham oʻrganadi. "Begona"ni bilib olish strukturalariga Vlimfotsitlar va ularning analogi Tlimfotsitlar sirtida joylashgan immunoglobulin re-septorlar kiradi. Immunoglobulin polipeptid zanjirining sintezi ikki-ta (V va S) gen orkali kodlanadi; V — antiteloning spetsifikligini, S — uning qaysi guruh (sinf, kenja sinf, tip)ga mansubligini belgilaydi. Immun javobning shakllanishida immunkompetentli hujayralarning oʻzaro taʼsiri omillarini hamda immun si-stemasining irsiy zararlanishini oʻrganish ham I. vazifasiga kiradi. I. sohasidagi ishlar transplantologiya, transfiziologiya, klinik I., naslchilik ishlarida katta ahamiyatga ega.

  • Petrov R. V., Immunologiya i immunogenetika, M., 1976; Geneticheskiy kontrol immunnogo otveta. Inglizchadan tarjima, M., 1976.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil