Kontent qismiga oʻtish

Imoratbobo majmui

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Imoratbobo majmui - Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (18—19-asrlar). Asli eronlik 3 ogʻa-ini eshonlar maqbarasi xalq orasida Imoratbobo deb atalgan. Majmua Imoratbobo qabristoni oʻrtasida Sayd Shapoataziz maqbarasi, Mirmuhammad Aziz maqbarasi va yana bir nomsiz maqbara hamda qabristonning shim. chekkasidagi masjiddan iborat. Sayd Shapoataziz maqbarasi (1795) qoʻsh gumbazli, peshtoqli, ziyoratxona va goʻrxonadan iborat ikki xonali bino. Peshtogʻi oʻyma koshin va silliklangan gʻishtdan "qoʻsh" va "bantak" uslu-bida bezatilgan. Ziyoratxona ravoqli, bagʻalidagi 8 ravoqchalar gʻishtin muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Mirmuhammad Aziz maqbarasi (1845) toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (8,12x 10,75 m), ziyoratxona va ikki goʻrxonadan iborat. Uch gumbazli, peshtoqli, bezaksiz. Uchinchinomsiz maqbara bir xonali, bezaksiz, xom gʻishtdan qurilgan. Bosh tarzi chuqur ravoqli boʻlib, ravoq ichiga ikki tabaqali eshik oʻrna-tilgan. Gumbazi choʻqqisimon. Guzar masjidi (1901) murabba tarhli (9,5x9,5 m), bir ustunli, yassi tomli, shim.da ayvon, sharqiy burchagida mezana bor. Eshik, toʻsin va ustun boshalari anʼanaviy xorazm milliy meʼ-morligiga xos uslubda yogʻoch oʻymakorligida bezatilgan. Naqshlar orasida ustalar (Otajon, Nurilla Saidjon eshon va Bobo eshon) nomi qayd etilgan. Hovuzi (14x14 m) ham bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil