Imperator saroyi
Imperator saroyi, Yopiq shahar — Pekin (Xitoy)dagi meʼmoriy yodgorlik. Maʼmuriy binolar, turar joy, ibodatxona, bogʻparklardan iborat majmua shaharning markaziy qismida joylashgan. I. s. kurilishi 15-asrning 1-yarmida boshlangan. Imperator qarorgohi (tarhi 960x750 m) — jan.da Vaygao (Tashqi palata) va shim.da Neytin (Ichki xonadon) atrofi toʻq qizil gʻishtin devor (bal. 10 m) bilan oʻralib, burchaklariga minora ishlangan. Devorning 4 darvozasi bor (bosh darvozasi — Umin). Tayxemin va Umin darvozalari oraligʻida Szin-shoʻyxe (oltin suv kuli) kanali ustiga oq marmardan osma koʻprik ishlangan. Majmua markazidagi 3 katta palata — Tayxedyan (1421, 1697da taʼmirlangan), Chjunxedyan va Baoxedyan (15-asr, 17—18-asrlarda qayta qurilgan), Z koʻshk va b. anfilada (bir-biriga tutash xonalar qatori) shaklida barpo etilgan. Tayxedyan koʻshki oʻrtasidagi katta zal (maydoni 2300 m2)da imperator taxti oʻrnatilgan. Murakkab oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. I. s. 1914 y.dan muzey shahar hisoblanadi. Unda Xitoy sanʼatining boy kolleksiyasi, rasmlar galereyasi, qimmatbaho badiiy x.unarmandlik, haykaltaroshlik va b. sanʼat namunalari saqlangan. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |