Kontent qismiga oʻtish

In the End

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„In the End“
Linkin Park qoʻshigʻi
„Hybrid Theory“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 9-oktyabr 2001-yil[1][2][3]
Yozib olingan 1999-2000
Janr
Davomiyligi 3:36
Leybl Warner Bros.
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) Don Gilmore
Linkin Park singllari xronologiyasi
„Papercut“
(2001)
In the End
(2001)
„Pts.OF.Athrty“
(2002)
Klipi
„In the End“ YouTubeda

In the End“ AQShda tuzilgan Linkin Park rok guruhi ijro etgan qoʻshiqdir. Guruhning Hybrid Theory (2000) nomli ilk albomiga sakkizinchi qoʻshiq sifatida kiritilgan. 2001-yilning 9-oktyabrida albomning toʻrtinchi va oxirgi singli sifatida chiqarilgan.

„In the End“ qoʻshigʻi musiqa tanqidchilari tomonidan xush qarshilandi. Koʻpchilik taqrizchilar ashulaning pianino riffini olqishlashdi. Qoʻshiqning savdosi ham chaqqon boʻldi. Umumjahon boʻylab koʻplab musiqiy chartlarda yuqori oʻntalik safidan oʻrin oldi. AQShning Billboard Hot 100 chartida ikkinchi pogʻonagacha koʻtarildi va guruhning ushbu chartda eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ashulasiga aylandi. 2002-yili „Z100 top 100 songs“ chartida ikkinchi pogʻonaga koʻtarildi. Blender jurnali tuzgan The 500 Greatest Songs Since You Were Born roʻyxatida 121-oʻrinni egalladi. 2021-yilning iyunida qoʻshiq Spotify platformasida tinglashlar soni bir milliardga yetgan ilk nu metal qoʻshiqqa aylandi.

„In The End“ qoʻshigʻi Linkin Parkning eng taniqli qoʻshiqlaridan biri hisoblanadi. Guruhning asosiy vokalchisi Chester Benningtonga avvalboshda qoʻshiq manzur kelmagan va hatto uni Hybrid Theory albomiga kiritilishini ham istamagan. 2002-yilda guruh qoʻshiqni „Enth E ND“ nomi bilan qayta kuylagan. U guruhning Reanimation nomli remiks-albomiga kiritilgan. Bundan tashqari, qoʻshiq uchun klip ham suratga olingan boʻlib, unga Nathan Cox va guruh turntablisti Joe Hahn rejissorlik qilishgan. Klip 2001-yilning 6-oktyabrida MTV va Much telekanallarida premyera qilingan.[9] Shuningdek, klip „Eng yaxshi rock video“ nominatsiyasida MTV Video Music Awardni olgan. „Yil videosi“ nominatsiyasida shu mukofotga nomzod ham boʻlgan, biroq Eminem ijro etgan „Without Me“ ashulasiga yutqazgan.[10] 2021-yil dekabr holatiga koʻra, qoʻshiq klipi YouTubeda 1.3 milliardan ortiq koʻrilgan. Bu guruhning YouTubeda koʻrishlar soni bir milliardga yetgan „Numb“ qoʻshigʻi uchun olingan klipdan keyingi ikkinchi klipi boʻldi. Video Linkin Parkning YouTube kanaliga ikki marotaba yuklangan. Birinchi marotaba 2007-yilning 4-martida 240p formatda yuklangan boʻlsa, ikkinchi marotaba 2009-yilning 29-oktyabrida nisbatan yuqoriroq formatda, yaʼni 360p formatda yuklangan. Qoʻshiq klipi oʻsha kuni Warner Bros. Records leyblining YouTube kanalida undan ham yuqoriroq sifatda, yaʼni 480p formatda yuklangan.[11][12][13]

2018-yilda Tommee Profitt „In the End“ qoʻshigʻi kaverini hozirlagan. U Fleurie va Jung Youth tomonidan kuylangan. Undan Legacies teleseriali birinchi mavsumining beshinchi qismida ishlatilgan.[14]

Part 1
NomiMuallif(lar)Davomiyligi
1.„In the End“Linkin Park3:38
2.„In the End“ (Live BBC Radio One)Linkin Park3:28
3.„Points of Authority“ (Live at Docklands Arena, London)Linkin Park3:31
4.„In the End“ (Video) 3:36
Part 2
NomiMuallif(lar)Davomiyligi
1.„In the End“Linkin Park3:38
2.„A Place for My Head“ (Live at Docklands Arena, London)
  • Linkin Park
  • Mark Wakefield
  • Dave Farrell
3:12
3.„Step Up“3:54
DVD
NomiDavomiyligi
1.„In the End“ (Audio)3:37
2.„Crawling“ (Music Video)3:38
3.„4 X 30 Seconds“2:14
In the End: Live & Rare
NomiMuallif(lar)Davomiyligi
1.„In the End“ (Album Version)Linkin Park3:36
2.„Papercut“ (Live at Docklands Arena, London)Linkin Park3:11
3.„Points of Authority“ (Live at Docklands Arena, London)Linkin Park3:26
4.„A Place for My Head“ (Live at Docklands Arena, London)
  • Linkin Park
  • Wakefield
  • Farrell
3:10
5.„Step Up“
  • Shinoda
  • Hahn
  • Delson
3:55
6.„My December“Shinoda4:21
7.„High Voltage“Linkin Park3:45

Linkin Park

Ishlab chiqarish

  • Produser: by Don Gilmore
  • Ijrochi produser: Jeff Blue
Mamlakat Sana Format Manba(lar)
AQSH bayrogʻi AQSh 11-sentyabr 2001-yil
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 8-oktyabr 2001-yil
  1. McArthur, Rachael „Linkin Park memories: Middle Eastern fans remember Chester Bennington“. Alarabiya News (2017-yil 25-iyul). Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
  2. „In the End - Single: Linkin Park“. Genius. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun.
  3. Dean, Maury. Rock N Roll Gold Rush: A Singles, 2003. ISBN 9780875862071. Qaraldi: 2021-yil 4-iyun. 
  4. „The 30 Best Nu-Metal Songs“. Spin (2017-yil 17-may). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
  5. Krol, Charlotte „Linkin Park's 'In The End' is first nu-metal song to pass one billion streams on Spotify“. NME (2021-yil 7-iyun). Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
  6. „Top 10 Essential Rap-Rock Songs“. About.com. Qaraldi: 2019-yil 31-oktyabr.
  7. „Ranking Every Alternative Rock No. 1 Hit from Worst to Best“. Consequence of Sound (2017-yil 5-iyul). Qaraldi: 2019-yil 10-oktyabr.
  8. Graham Hartmann. „No. 2: Linkin Park, 'In The End' – Top 21st Century Hard Rock Songs“. Loudwire.com (2012-yil 1-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-iyun.
  9. Video Monitor. Billboard, 2001-10-06 — 76-bet. 
  10. „MTV Video Music Awards History“. Rock on the Net. Qaraldi: 29-sentyabr 2007-yil.
  11. „In the End (Original and Official Video) on YouTube“. YouTube. from Linkin Park’s YouTube Channel
  12. „In the End (Official Duplicate Video) on YouTube“. YouTube. from Linkin Park’s YouTube Channel
  13. „In the End (Official Video) on YouTube“. YouTube. from the Warner Bros. Records YouTube Channel
  14. „Tommee Profitt - TV & Movie Placements“ (en-us). WhatSong. Qaraldi: 2020-yil 6-oktyabr.
  15. „Going For Adds“ (PDF). Radio & Records. September 7, 2001. 109, 112, 119-bet.
  16. „In-Store Next Week (from 8/10/01)/New Releases This Week: Singles“ (PDF). Music Week. October 6, 2001. 10, 31-bet. Qaraldi: June 13, 2022.