In the Loop
Til | inglizcha |
---|---|
Janr(lar)i | lingvistika |
Nashriyot | Bureau of Educational and Cultural Affairs |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2010 |
Sahifalar soni | 128 |
„In the Loop“ (tarjimasi „Xabardor“), toʻliq nomi „In the Loop: A Reference Guide to American English Idioms“ (tarjimasi „Xabardor: Amerika inglizchasi idiomalari boʻyicha sporavochnik“) — ingliz tili iboralari toʻplami. Ilk bor 2010-yil Vashington shahrida AQSh Davlat departamenti qoshidagi Madaniy va taʼlim ishlari byurosining (inglizcha: Bureau of Educational and Cultural Affairs) Ingliz tili dasturlari ofisi (inglizcha: Office of English Language Programs) tomonidan elektron kitob oʻlaroq hozirlangan.
Asarda ingliz tili iboralari, xususan, AQSh ingliz tilisida keng tarqalgan iboralar, ularning izohlari va ular ishlatilgan misollar keltirilgan. „In the Loop“ ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan. Qoʻllanma Dean Curry qalamiga mansub „Illustrated American Idioms“ hamda Shelley Vance Laflin qalamiga mansub „Something to Crow About“ kitoblari asosida tuzilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]