Inadaptatsiya
Inadaptatsiya (lotincha: in — inkor qoʻshimchasi va adaptatsiya) — organizmlar ayrim guruhlarining oʻzgargan muayyan muhit sharoitiga moslashmaganligi. Evolyusiya jarayonida paydo boʻlgan, lekin mukammallashmagan organlarning boʻlishi keyinchalik in-adaptiv organizmlarning qirilib ketishiga sabab boʻladi. I.ga misol tariqasida koʻpchilik tuyoqli sut emizuvchilar skeleti, xususan, boʻgʻimlarida harakatlanish usulining oʻzgarishi bilan paydo boʻlgan mukammallashmagan oʻzgarishlarni koʻrsatish mumkin. I. terminini rus paleontologi V. O. Kovalevskiy fanga kiritgan (1873). U kazilma holda topilgan tuyoqlilarning oyoq skeletini adaptiv (moslashgan) va inadaptiv (moslashmagan) tiplarga ajratgan. Dastlab inadaptiv, keyinroq adaptiv tipga ega organizmlar paydo boʻlgan. Keyinchalik 1-tipdagi organizmlarni adaptiv organizmlar siqib chiqargan. Masalan, boʻr davrida xaltali sut emizuvchilar keng tarqalgan, keyinchalik paleogen va neogen davrlarida ularni deyarli hamma joyda (Avstraliya, Jan. Amerikadan tashqari) ancha mukammal tuzilgan yoʻldoshlilar siqib chiqargan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |