Indekslash
Indekslash yoki indeksatsiya (lotincha: index — koʻrsatkich, roʻyxat) — isteʼmol tovarlari va xizmatlar narxining oʻsib borishiga muvofiq davlat tomonidan fuqarolarning pul daromadlarini oshirib borish; isteʼmolchilarni inflyatsiyadan himoya qilish usullaridan biri.[1] Shu yoʻl bilan aholining xarid qobiliyati va oʻrtacha real daromadi saqlab qolinadi.
Kredit va toʻlov shartnomalari, ish haqi, dividendlar, foizlar, nafaqa, pensiya va boshqalar toʻlovlarni amalga oshirishda maxsus indekslash koeffitsiyentlariga asoslaniladi. Indekslash, asosan, mamlakat ichidagi jarayonlarga nisbatan amalga oshiriladi. Isteʼmol tovar (xizmat)larini ishlab chiqarish pasayib ketgan sharoitda davlat (yoki davlat byudjeti) pul qadrsizlanishini toʻliq qoplaydigan indekslash oʻtkaza olmaydi. Shu bois koʻpincha qisman indekslash amalga oshiriladi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Indekslash". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000-2005.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Indekslash, inflyatsiya va valyuta siyosati: Qisqacha maʼlumot“, Fernando Lefort (ingl.)