Kontent qismiga oʻtish

Indigirka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Indigirka
Tavsif
Uzunligi 1 726
Maydoni 5 500 km²
Suv sarfi m³/s
Joylashuvi
Davlat Rossiya
Indigirka

Indigirka - Sharqiy Sibirning shimoli-sharqidagi daryo. Uzunligi 1726 km, havzasining maydoni 360 ming km2. I. Xastax va Tarin-Yuryax daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlib, Sharqiy Sibir dengiziga delta (maydoni 5,5 ming km2) hosil qilib quyiladi. Asosiy irmoqlari: chapdan — Kuydusun, Kyuente, Elgi; oʻngdan — Nera. Yomgʻir, qor va muzlik suvlaridan toʻyinadi. Oktyabr da muzlab, mayning oxiri — iyulning boshida muzdan boʻshaydi. Oʻrtacha suv sarfi 1850 m3/sek. Baliq ovlanadi. Moma daryosi qoʻshilgan joydan (1154 km masofada) kema qatnaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil