Individual taʼlim
Individual taʼlim - oʻqituvchining oʻquvchiga pedagogik taʼsirini amalga oshiruvchi oʻquv mashgʻulotlari shakllaridan biri. Oʻqituvchining oʻquvchi bilan sinf jamoasidan tashqarida olib boriladitan faoliyati tushuniladi. I.t. taʼlim shakllarining eng qadimiysi boʻlib, u qad. davr va oʻrta ayerlarda keng qoʻllangan.
Oʻzbekiston taʼlimi tarixida I.t. shakli keng qoʻllanib kelingan. Uning samarasi, ayniqsa, amaliy sanʼat, hunarmandchilikda ustoz-shogird taʼlimi tarzida namoyon boʻlgan. Mashhur xalq ustalari Toshpoʻlat Arslonqulov, Us t a Shirin Murodov, Qodirjon Xaydarov, Mahmud Usmonov, Hamro Rahimovlar shu tarzda taʼlim olganlar. I.t. da bola ruhiyatining individual xususiyatlarini, fan sohalari va kasb egallashga boʻlgan tabiiy moyilliklarini toʻliq eʼtiborga olish imkoniyati taʼminlanadi.
Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, I.t.ga eʼtibor sezilarli tarzda ortdi. Ayniqsa kollej va oliy oʻquv yurtlariga kirishning test tizimi joriy etilishi I.t.ning repetitorlik shakli rivojlanishiga turtki boʻldi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |