Kontent qismiga oʻtish

Inessa Kravets

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Inessa Kravets
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Tavallud sanasi 5-oktyabr 1966-yil (1966-10-05) (57 yosh)
Dnipro, USSR, SSSR
Sport
Mamlakat Ukraina bayrogʻi Ukraina
Qaysi sport Yengil atletika

Inessa Nikolayevna Kravets (ukraincha: Інеса Миколаївна Кравець; 1966-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) — ukrainalik sobiq yengil atletikachi. Yengil atletikaning uch hatlab sakrash va uzunlikka sakrash yoʻnalishlari boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. Uch hatlab sakrash dasturga kiritilgan har qanday musobaqada yetakchilardan biri boʻlgan. Yulimar Rojas tomonidan 2021-yilgi olimpiya oʻyinlarida yangilanguniga qadar uch hatlab sakrash boʻyicha jahon rekordi Kravetsga tegishli boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dneproda tugʻilgan. 1991-yilning iyun oyida 14,95 metr masofaga sakrab, uch hatlab sakrash boʻyicha jahon rekordini yangilagan. Dastlabki yirik natijasiga 1992-yilda erishgan. Yengil atletika boʻyicha 1992-yilgi yopiq inshootlardagi Yevropa chempionatining ayollar oʻrtasida uch hatlab sakrash boʻyicha bahslarida oltin medalni qoʻlga kiritgan[1]. Oʻsha yili olimpiya oʻyinlarida Birlashgan jamoa tarkibida uzunlikka sakrash boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan.

1993-yilda yopiq inshootlarda oʻtkazilgan jahon chempionatida ayollar oʻrtasidagi uch hatlab sakrashda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ammo doping bilan bogʻliq taqiq tufayli 1993-yilgi yengil atletika boʻyicha jahon chempionatida ishtirok eta olmagan. Kravets ishtirok etmagan musobaqada rossiyalik Anna Biryukova jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 1994-yilda 1994-yilgi IAAF jahon kubogidaning uzunlikka sakrash yoʻnalishida gʻolib boʻlgan. 1994-yilgi Yevropa chempionatidaning uzunlikka sakrash bahslarida kumush va uch hatlab sakrashda bronza medallarini qoʻlga kiritgan.

1995-yilda Gyoteborgda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 15,50 masofaga sakrab, jahon rekordini yangilagan. Keyingi yili Kravets olimpiada oltin medalini qoʻlga kiritdi va uch hatlab sakrash boʻyicha ayollar oʻrtasidagi birinchi olimpiya chempioniga aylandi.

Taqiqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1993-yilda taqiqlangan preparatlardan foydalanganligi uchun uch oyga sportdan chetlatilgan[2]. 2000-yilning iyul oyida doping testi ijobiy natija berganidan soʻng ikki yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Inessa KRAVETS“ (en).
  2. IAAF — Kravets Inessa Biography. Retrieved 2008-08-27.
  3. „1993“. www.medicosport.eu. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.