Kontent qismiga oʻtish

Ingichka bargli ponapanja

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ingichka bargli ponapanja
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Sphaenolobium
Oila: Ziradoshlar
Binar nomi
Sphaenolobium tenuisectum

Ingichka bargli ponapanja (lotincha: Sphaenolobium tenuisectum) – ikki urugʻpallalilar sinfi, ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Qorjontov, Piskom va Ugom togʻ tizmalarida, dengiz sathidan 1500-1600 metr balandlikda tarqalgan[1].

Balandligi 40-100 sm gacha yetadigan koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz sistemasiga ega. Shoxlangan ildizpoya hosil qiladi. Poyalari ildiz boʻgʻzidan shoxlanib ketgan, yik oʻsadi. Barglari uzun bandli, koʻproq ildiz boʻgʻzidan hosil boʻladi, yaproqlari keng rombsimon, ikki yoki uch karra qirqilgan, boʻlakchalarining uzunligi 10 mm, kengligi 1,5 mm. Gullari bir jinsli, murakkab soybon toʻpgulda yigʻilgan. Soyabonchasi 5-10 shu’lali, ostki qismi tikansimon oʻrama bargchalar bilan oʻralgan. Gultojibarglari och sariq, tuxumsimon, uzunligi 15 mm. Gulkosachabarglari tishsimon boʻlingan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyul oyida gullab mevasi avgustda pishib yetiladi. Mevasining uzunligi 6,5 mm, tuxumsimon lanset shaklida, tuksiz silliq, quruq meva. Urug‘i va vegetativ yoʻl bilan koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tabiatda juda kam tarqalgan, yakka yakka holatda uchraydi. Toshkent viloyati Qorjontov, Piskom va Ugom togʻ tizmalarida tarqalgan. Dengiz sathidan 1500-1600 metr balandlikda shagʻalli yonbagʻirlarda va qoya yoriqlarida oʻsadi. Maʼlum bir tuproq sharoitiga moslashganligi sababli tabiatda kam uchraydi. Ugom-chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

  1. „Sphaenolobium tenuisectum“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.