Kontent qismiga oʻtish

Ingichkabarmoq qoʻshoyoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ingichkabarmoq qoʻshoyoq (Spermophilopsis leptodactylus) — tiyinsimonlar oilasiga mansub kemiruvchi hayvon. Urugʻning yagona turi. Tanasining uzunligi 30 sm gacha, dumi 10 sm gacha. Juni oqish-qum rangida, dumi pastdan qora. Tirnoutri, ayniqsa oldingi oyogʻida uzununligi Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda, Eron va Afgʻonistonning shim. qismida tarqalgan, qum tuproqli va soz tuproqli qumliklarda uchraydi. Yil davomida faol, yakka yashaydi. Oʻsimliklarning turli qismlari bilan oziqlanadi. Bir marta (baʼzan 2 marta) 3–7 tadan bolalaydi. Terisi uchun ovlanadi. Oʻlat va boshqa yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tarqatadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil