Kontent qismiga oʻtish

Ingliz inqilobi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ingliz inqilobi (17-asr) — Yevropa miqyosidagi birinchi inqilob. Puritanizm mustabid tuzumga inqilobiy muxolifatning gʻoyaviy bayrogʻi, uning tashkiliy shakli esa — parlament boʻlib qoldi. Charles I tomonidan 1640-yil chaqirilgan parlament tarafdorlari bilan royalistlar oʻrtasidagi 1-fuqarolar urushi (1642—46) va 2-fuqarolar urushi (1648) davomida Oliver Cromwell tashkil etgan parlament armiyasi Charles I Styuartning qirollik armiyasiga Neyzbi (1645) va Preston (1648) da hal qiluvchi zarba berib, tor-mor etdi. 1649-yil qirol qatl etilib, respublika eʼlon qilindi. 1653-yil harbiy diktatura — Kromvel protektorata oʻrnatildi. 1660-yil Styuartlar inqilobning asosiy yutuklari (shu jumladan, feodal yer egaligini amalda burjua yer egaligiga aylantirilishi)ni tan olishga rozi boʻlgach, ular hokimiyati tiklandi. 1688—1689-yillardagi davlat toʻntarishi („Shonli inqilob“) burjuaziyaning davlat hokimiyatidagi mavqeini mustahkamladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil